T. Malikov O. Olimjonov moliya


davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning maqsadli



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə126/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi. Yuridik shaxslar oldindan maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan davlat byudjeti asosida byudjetdan mablag’ olishi mumkin. Bu printsipga qat’iy rioya qilish davlat byudjeti mablag’laridan sama-rasiz foydalanishga to’sqinlik qiladi;

  • ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’larning foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti mablag’larini taqdim etish. Byudjetdan moliyalashtirish ko’rsatkichlarning bajarilishiga bog’liqligi moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;

  • davlat byudjeti mablag’larining qaytariluvchan emasligi. Davlat byudjeti mablag’lari sub’yektlarga ularni majburiy ravishda byudjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi;

  • davlat byudjeti mablag’larining tekinligi (bepul-ligi). Byudjetdan mablag’lar sub’yektlarga foiz ko’rinishida qandaydir daromadlarni davlatga to’lamasdan yoki mab-lag’larni to’lashning boshqa ko’rinishlarisiz ajratiladi.

    Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamo-yillar bilan birgalikda xususiy printsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • davlat byudjeti mablag’larini faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga ajratish;

    • davlat byudjeti mablag’larining hajmini aniqlashda “qoldiq” yondashuvidan foydalanish;

    • byudjetdan moliyalashtirishda rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit usuli orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;

    • korxonalarning moliyaviy holatini davlat byudjeti orqali tartibga solish printsipi va boshqalar.

    Davlat byudjeti mablag’lari amaliyotida byudjetdan moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi ikki usulini alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

    • netto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish. Pul mablag’larini taqdim etishning bu usuli shu bilan xarakterlanadiki, unga ko’ra davlat byudjeti mablag’lari tasdiqlangan byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi;

    • brutto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish. Bu usul byudjetdan to’liq moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar uchun qo’llaniladi. Davlat byudjeti mablag’lari bu holda davlat byudjeti tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan xarajat-larning barcha turlari uchun ajratiladi.

    Pul mablag’larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari byudjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi:

    • davlat byudjeti tashkilotini saqlash uchun mablag’lar;

    • davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining shartnomalari bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to’lash uchun mablag’lar;

    • aholiga transfertlar;

    • jismoniy va yuridik shaxslarga subventsiya va subsi-diyalar;

    • quyi byudjetlarga va davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalariga dotatsiya, subventsiya va subsidiyalar;

    • harakatdagi (amaldagi) yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslar ustav kapitaliga investitsiyalar;

    • narxlardagi farqni qoplash.

    Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai nazardan, quyidagi ikki ko’rinishda amalga oshiriladi:

    1. xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalash-tirish;

    2. xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudje-tidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish.

    Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   268




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin