T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə203/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





    • “Uy xo’jaligi” tushunchasining mazmuni nimada?

    • Uy xo’jaligiga tegishli bo’lgan xarakterli xususiyatlarni aytib bering.

    • Uy xo’jaliklari moliyasi har bir davlat moliyaviy tizimning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadimi va uning moliyaviy ahamiyati nima bilan belgilanadi?

    • “Uy xo’jaliklari moliyasi”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering.

    • “Uy xo’jaligi”, “xonadon” yoki “oila” atamalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ular o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni bilasizmi?

    • “Uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralarini ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatsa bo’ladimi? Ularning farqlarini aytib bering.

    • Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi qanday me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim?

    • Uy xo’jaliklari moliyasining ta’rifini aytib bering.

    • Uy xo’jaliklarida mavjud bo’lgan moliyaviy munosabat-lar majmuini qanday guruhlarga bo’lish mumkin?

    • Qanday munosabatlar uy xo’jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi?

    • Uy xo’jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlarini tushuntirib bering.

    • Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo’jalik-larining o’zaro bog’langanligi nimalarda ko’rinadi?

    • Davlat va uy xo’jaliklari o’rtasidagi moliyaviy munosa-batlarning mazmuni nimada?

    • Davlat uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning miqdoriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ular qanday shakllarda amalga oshiriladi?

    • Uy xo’jaliklarining o’zlari o’rtasidagi (uy xo’jaliklari-aro) moliyaviy munosabatlar qanday hollarda vujudga keladi va moliyaning bu sohasiga nimalarni kiritish mumkin?

    • Uy xo’jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o’zaro aloqalarini tushuntirib bering.

    • Uy xo’jaliklari moliyasi qanday funksiyalarni baja-radi?

    • Uy xo’jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining mazmunini tushuntirib bering.

    • Uy xo’jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasining mazmuni nimada?

    • Qay hollarda uy xo’jaliklari moliyasi nazorat funk-tsiyasini bajaradi?

    • Uy xo’jaliklari moliyasi tartibga solish funksiya-sining namoyon bo’lishini qanday nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq?

    • Uy xo’jaliklari moliyasini tartibga solaverib , davlat, eng avvalo, qanday ishlarni amalga oshiradi?

    • Uy xo’jaliklari moliyasining rag’batlantiruvchi funk-tsiyasi nimalar orqali namoyon bo’lishi mumkin?

    • Uy xo’jaliklari moliyasi ijtimoiy funksiyasining mazmunini tushuntirib bering.

    • Uy xo’jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko’rsa-tishi nimalarga bog’liq?

    • Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering.

    • Uy xo’jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qili-nadigan normalar va qoidalarning tashqi omillarini bilasizmi?

    • Uy xo’jaligining moliyaviy xatti-harakatini tashkil etadigan ichki me’yorlar tizimi nimalarga bog’liq?

    • Uy xo’jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash qanday manbalar hisobidan amalga oshiriladi?

    • Uy xo’jaligi resurslari dastlabki (boshlang’ich) manbalarining tarkibini aytib bering.

    • Uy xo’jaligi resurslarining jamg’ariladigan manbasini nimalar tashkil etadi?

    • Uy xo’jaligi resurlarining joriy manbalarini aytib bering.

    • Uy xo’jaligining moliyaviy resurslarini nimalar tash-kil etadi?

    • Funktsional mo’ljallanganligiga ko’ra uy xo’jaliklari-ning moliyaviy resurslari qanday tarkibiy tuzilmaga ega bo’lishi mumkin?

    • Uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog’langan qanday bloklarni qamrab oladi?

    • Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklarining daromadlarini shakllantirish bo’yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida (negizida) nima yotadi?

    • Uy xo’jaliklari darajasida daromadlarni shakllan-tirish bo’yicha moliyaviy qarorlar nimalarga bog’liq bo’ladi?

    • Uy xo’jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallash-tirilgan tarzda qanday tasniflanishi mumkin?

    • Hayotiy minimum byudjeti qanday aniqlanadi?

    • Minimal iste’mol byudjetining mazmuni nimada?

    • Optimal iste’mol byudjeti nimaga imkoniyat yaratadi?

    • Optimal iste’mol byudjetini qanday ikki darajadagi byudjetlarga bo’lish mumkin?

    • Moliyaviy qarorlarda “asosiy psixologik qonun” nima sifatida namoyon bo’ladi?

    • Jamg’ariladigan fondlarni shakllantirish bo’yicha uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda qanday omillar hisobga olinishi kerak?

    • Uy xo’jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-hara-katida, jamg’ariladigan fondlarini yaratishda muhim rol o’ynaydigan ijtimoiy va psixologik jihatlarga nimalar kiradi?

    • Uy xo’jaligining har qanday jamg’ariladigan stra-tegiyasi mustaqil bo’lgan qanday uch qismdan tarkib topadi?

    • Uy xo’jaligi jamg’arish strategiyasining qanday turlari bo’lishi mumkin?

    • Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida qanday tendentsiya paydo bo’layapti va u nimada namoyon bo’lmoqda?

    • Uy xo’jaliklari daromadlarining ta’rifini aytib bering.

    • Eng umumiy ko’rinishda, uy xo’jaliklarining jami daromadlarini qanday ikki guruhga ajratish mumkin?

    • Uy xo’jaliklari natural daromadlari qanday paydo bo’ladi va uning tarkibi nimalardan tarkib topadi?

    • Uy xo’jaliklarining natural daromadlari qanday holatlarga muvofiq ravishda o’zgarib turishi mumkin?

    • Uy xo’jaliklarining pul daromadlari nima va ular qanday ko’rsatkichlar yordamida hisoblanadi?

    • Nominal daromadlar nima va bu ko’rsatkich qanday daromadlarni tavsiflaydi?

    • Uy xo’jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog’i nimaning darajasiga bog’liq?

    • Hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o’rtasida qanday farq mavjud?

    • Ega bo’lingan daromadlar deyilganda nimalar nazarda tutiladi? Bu daromadlar qanday maqsadlarga mo’ljal-langan?

    • Real daromadlar nima va bu ko’rsatkich nimalarni o’zida aks ettiradi?

    • Real daromadlarning o’zgarishi nimaga bog’liq bo’ladi?

    • Agar baholarning o’sish sur’ati nominal ega bo’lingan daromadlarning o’sish tezligidan past bo’lsa, uy xo’jalik-larining real ega bo’lingan daromadlari o’sadimi yoki kamayadi?

    • Baholarning yuqori sur’atlarda o’sishi sharoitida real daromadlar qisqaradimi yoki ko’payadi?

    • Uy xo’jaliklari pul daromadlarining eng asosiy tur-larini aytib bering.

    • Mehnat haqining (ish haqining) tarkibiga nimalar kiradi?

    • Bozor munosabatlariga o’tilishi bilan uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibida mehnat haqi salmog’i biroz pasayganligining sabablari nimada?

    • Hozirgi sharoitda ish haqining yashirin shakllariga nimalar kiradi?

    • Mehnatga haq to’lashning quyi chegarasi kim tomonidan o’rnatiladi, u nima deb ataladi va uning tarkibiga nimalar kirmaydi?

    • Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to’lashda hozirgi paytda qanday muammolar mavjud?

    • Ijtimoiy to’lanmalarni tasniflash me’zonlarini aytib bering.

    • Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy to’lanmalarning qanday ko’rinishlari mavjud?

    • O‘zlarining shakli bo’yicha ijtimoiy to’lanmalar qanday ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin?

    • Moliyalashtirish manbalariga ko’ra ijtimoiy to’lanma-larning qanday ko’rinishlari bor?

    • Ijtimoiy to’lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko’ra qanday turlarga ajratish mumkin?

    • Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibiga nimalar kiradi?

    • Uy xo’jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari qanday ko’rinishlarda amal qiladi?

    • Uy xo’jaliklari turli guruhlari daromadlarining tabaqalanishi (differentsiatsiya qilinishi) qanday ob’yektiv va sub’yektiv omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi?

    • Uy xo’jaliklarida ega bo’lingan real pul daromad-larining o’sishiga, daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga nimalar o’z ta’sirini ko’rsatadi?

    • Uy xo’jaliklarining xarajatlari nima?

    • Uy xo’jaliklarining xarajatlari qanday omillar bo’yicha tasniflanadi?

    • Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklarining xara-jatlari tarkibini aytib bering.

    • Xarajatlarning turlari bo’yicha uy xo’jaliklarining xarajatlari nimalardan tarkib topadi?

    • Funktsional mo’ljallanganligiga ko’ra uy xo’jaliklari xarajatlarining tarkibi nimalardan iborat?

    • Avtonomlilik xarakteriga ko’ra uy xo’jaliklarining xarajatlari qanday guruhlarga bo’linadi?

    • Real pul xarajatlarining turlari bo’yicha uy xo’ja-liklarining xarajatlari qanday ikki guruhdan tashkil topadi?

    • Iste’mol xarajatlarining miqdori nimalarga bog’liq?

    • Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari sub’yektiv omillarga ham ta’sirchan bo’lganligi uchun ular-ning orasidan nimalarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin?

    • Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining iste’mol xarajatlari qanday ikki eng muhim xususiyatga ega?

    • Aholi daromadlari va xarajatlari balansining eng umumiy ko’rinishi qanday bo’lishi mumkin?

    • Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining daromadlar qismiga nimalar kiradi?

    • Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining xarajatlar qismi nimalardan tashkil topadi?

    • Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga nimalarni oladi?

    • Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi sifatida majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badal-larning o’sish tendentsiyasiga ega ekanligi qanday omillar bilan bog’langan?

    • Davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromadlari va mulkidan olina-digan soliqlar qanday muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi?

    • Uy xo’jaliklarining jamg’armalari qachon paydo bo’ladi va uning asosida qanday ziddiyat yotadi?

    • Jamg’arma munosabatlari sohasida qanday ko’p tomon-lamali aloqalar, manfaatlar, maqsadlar vujudga keladi va qo’shilib ketadi?

    • Uy xo’jaliklarining jamg’armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish nimalar bilan belgilanadi?

    • Jamg’armalar hajmining o’zgarishiga qanday holatlar ta’sir ko’rsatadi?

    • Jamg’armalarni qanday turli belgilarga ko’ra tasnif-lash mumkin?

    • Jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra jamg’ar- malarni nimalarga ajratish mumkin?

    • Sabablari nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklari jamg’arma-larining qanday ko’rinishlari bo’lishi mumkin?

    • To’plash shakllari bo’yicha uy xo’jaliklari jamg’arma-larining qanday shakllari mavjud?

    • Jamg’armalarning bog’langan (tashkil qilingan) shakllari qanday turli ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin?

    • Hozirgi paytda uy xo’jaliklarida mablag’larni jamg’a-rish jarayonida ko’zga tashlanayotgan ijobiy tendentsiyalarni tushuntirib bering.

  1. Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin