Davlat byudjetining xarajatlari qanday xarakterli belgilarga ega?
Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi nimalar bilan izohlanadi?
Davlat byudjetining xarajatlari qanday belgilarga ko’ra turkumlashtiriladi?
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari qanday xarajatlarga bo’linadi?
Davlat byudjetining kapital xarajatlari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning tarkibi nimalardan iborat?
Davlat byudjeti joriy xarajatlarining mazmuni va tarkibini bilasizmi?
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byudjetining xarajatlari qanday guruhlarga bo’linadi?
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga ajratishning asosida nimalar yotadi?
Ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha davlat byudjetining xarajatlari qanday guruhlardan tashkil topgan?
Davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari tarkibini aytib bering.
Davlat byudjetining xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday guruhlarga ajratiladi?
Davlat byudjetining xarajatlari hududiy belgilariga muvofiq qanday guruhlardan tashkil topadi?
Faqat Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar tarkibini bilasizmi?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langanmi?
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret tarkibi va ularning tuzilmasi qanday?
Byudjetdan moliyalashtirishning mazmunini aytib bering.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy printsip-larini aytib bering.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning qanday shakllaridan foydalanilmoqda?
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” iboralari bir xil ma’noni anglatadimi?
Davlat byudjeti defitsitini qanday tushunasiz?
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablarini bilasizmi?
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv (strategiya) nimalarga alohida e’tibor berishni taqozo etadi?
Davlat byudjeti defitsiti darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning asosiy yo’nalishlarini aytib bering.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning asosiy manbalarini aytib bering.
Davlatning ichki va tashqi qarzlarini qanday tushunasiz?
Davlat ichki qarzlarining tarkibini tushuntirib bering.
Davlat tashqi qarzlari tarkibiga nimalar kiradi?
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari qanday guruhlardan tashkil topadi?
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba- larini aytib bering.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi man- balari nimalardan iborat?
Mamlakatning qarz majburiyatlari qanday shakllarda bo’lishi mumkin?