Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday ta’riflarni berish mumkin?
Moliyaviy tizim, dastlab, qanday sohalarga bo’linadi?
Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin?
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi qanday bo’g’in-lardan iborat?
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida davlat byudjeti o’z ichiga nimalarni oladi?
Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida davlat byudjeti o’z oldida turgan qanday muammolarni hal etishi kerak?
Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltiril-ganligi belgisi bo’yicha davlat maxsus fondlarini qanday ikki guruhga bo’lish mumkin?
Davlat maxsus fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida qanday fondlardan iborat bo’lishi mumkin?
Nega davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisob-lanadi va unga tegishli bo’lgan xususiyatlar nimalardan iborat?
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi moliyaviy tizimning mustaqil sohasi sifatida qanday bo’g’inlardan tashkil topgan?
Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususi-yatlari nimalardan iborat?
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini qanday asosiy guruhga ajratish mumkin?
Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo’llab- quvvatlashning qanday asosiy shakllari mavjud?
Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko’rinishlari haqida so’zlab bering.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi moliyaviy munosabatlarning qanday bo’g’in-laridan iborat?
Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi qanday bo’g’inlardan tashkil topadi?
Federativ davlatlarda byudjet tizimi qanday bo’g’inlardan tarkib topgan?
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyaviy tizimning muhim bo’g’inlari sifatida davlat byudjeti, davlat krediti, maxsus fondlar va davlat korporatsiyalari moliyasi qanday xarakterli xususiyatlarga ega?