T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat kreditini boshqarish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə180/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat kreditini boshqarish


Davlat kreditini boshqarishni keng va tor ma’nolarda ko’rib chiqish mumkin. Keng ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan uning moliyaviy siyosati yo’nalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi.


Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qo’lidadir. Faqat ular byudjet defitsitining umumiy hajmini va demak, uni moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga ta’-sir qilishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.
Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar moliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo’lgan yuqori foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish bo’yicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini o’ziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilayapti.
Tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko’rsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog’liq bo’lgan harakatlar majmui tushuniladi.
Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni yechish ko’zda tutiladi:

    • qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish;

    • bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to’lib ketishiga va ular kursining keskin tebranishiga yo’l qo’ymaslik;

    • jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

    • kreditlarning o’z vaqtida qaytrilishini ta’minlash;

    • moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish.

Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin