T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə237/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Ish haqi solig’i – yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan va xodimlarning ish haqidan ma’lum foizda olinadigan soliq.
Import-eksport solig’i – soliqqa tortishning ko’rinishlaridan biri; tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa tortish ob’yekti bo’lib belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og’irlik va miqdor birliklarida ifodalangan tovarlarning soni hisoblanadi.
Iste’mol solig’i – bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa birovlari mahalliy byudjetlarga borib tushadi.
Ijtimoiy soliqlar – ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan qo’llaniladigan soliqlar va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ijtimoiy ta’minotga badallaridan (ajratmalaridan) tarkib topadi.
Imtiyozli soliqqa tortish – jismoniy yoki yuridik shaxslarni soliqlardan to’liq yoki qisman ozod etish.
Ijara haqi – ijara sharoitida (sharti bilan) taqdim etilgan mulk uchun to’lovning turi. Asosiy fondlarning alohida ob’ektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda (qismlarda) mahsulot tannarxiga kiritiladi.

Y




Yig’imlar – qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va shartlarda to’lovchilar tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki byudjetdan tashqari fondlarga o’tkaziladigan majburiy badallar. Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turdagi mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im, avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im, obodonchilik ishlari uchun yig’im va boshqalar kiradi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin