T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə72/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

N = E x U x B


Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;


E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;
U – o’rtacha interval uzoqligi;
B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi
20 ming so’mga teng bo’lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 600 ming so’mga (15 x 10 x 20 000) teng bo’ladi.
Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib berishlar o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:


N = E x (U1 + U 2 ) : 2 x B

Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;


E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;
U1 + U 2 - navbatdagi ikki mol etkazib berish- larning kunlardagi uzunligi;
B – aylanma mablag’ birligining bahosi.

Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo’shish natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil bo’ladi.


Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi (belgilanadi):

  • transport zaxirasi;

  • tayyorlov zaxirasi;

  • texnologik zaxira;

  • joriy zaxira;

  • sug’urta zaxirasi.

Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, kom-plektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi.
Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi oli-nadi, chunki u materiallarni navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab
chiqarish jarayonining uzluksiz-ligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol etkazib berish intervali o’rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o’zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi.
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining summasiga teng bo’lgan summalar yig’indisidan iborat.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin