T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Ular bir 
–birlariga qarab qolishdi. Notanish tergovchi va Moyimxon ikki 
xitoyiga hadiksirab tikildilar. Ular sapchib 
o‘rinlaridan turdilar va g‘azab 
bilan, lekin past tovushda tahdidomuz gapirdilar va tergovxonani tark 
etdilar. Notanish jirkanish bilan 
Аbdullohga boqdi: 
– Juda jasur ekansiz! Har bir aytgan so‘zingiz uchun cheksiz 
uqubatlar tortasiz! Buni kafolatlayman! 
– Imkoniyat eshiklarini umrbod yopdingiz, Аbdulloh bey, – dedi 
Moyimxon achingansimon. 
– O‘lguningizcha qamoqdan chiqmaysiz, deb 
xavotirdaman. 
– Oldindan aytib qo‘yay, – dedi Notanish. – Siz qamoqqa emas
ulkan tergovxonaga kirmoqdasiz. Bu yerda endi sizni biz kabi insofli 
mutaxassislar emas, 
o‘z otasini o‘ldirishdan toymagan manfurlar tergov 
qilishadi. 
... Kameraga 
Аbdullohni qanday ur –sur qilib olib ketgan bo‘lsa, xuddi 
shunday holda qaytarib keltirishdi.
Ichkari kirib, 
Аbdullohning ko‘zi tindi, qorong‘uga ko‘zi ko‘nikib 
ulgurmay, kimdir uning ja
g‘iga musht urdi, kimdir biqiniga, kimdir qo‘lidan 
tortib yiqitdi. 
Аbdullohning ovoz chiqarishga holi qolmay, g‘ujanak bo‘ldi, 
boshi, yelkasi, beli, oyoqlari 
– butun aʼzoyi badaniga ayovsiz tepki 
yo
g‘ilaverdi. Bu Аbdulloh hushini yo‘qotgunicha davom etdi.
... Yuziga sepilgan suvdan 
Аbdulloh ko‘zini ochdi. Qovurg‘asi, 
peshonasi, boshi, har bir suyagi, har bir b
o‘g‘imi qaqshab og‘riyotgan edi. 
Аbdulloh turishga tirishdi, yo‘q, quvvati yetmadi, tepasida o‘ziga tikilayotgan 
oytovoqday ikki basharani 
g‘ira –shira ilg‘adi va «Kamida to‘rtta qovurg‘asi 
singan, tepaga k
o‘tarish kerak», – degan bo‘g‘iq ovozni elas –elas eshitdi. 
Ikki kishi 
Аbdullohni dast ko‘tarib, o‘rinning ikkinchi qavatiga itqitdi, 
Аbdulloh temir yuzaga «gurs» etib tushdi, qovurg‘asining singan suyaklari 
qirrali uchi bilan ichaklariga sanchilgandek b
o‘lib, ixrab yubordi. Ixradiyu, 
o
g‘zidan oqayotgan so‘lakni ham ushlab qolishga madori yetmadi. Аbdulloh 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin