bo'yicha
jami
417495691
Balansdagi moddalar bo'yicha ko'rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot
davri oxiriga (kunlik, oylik, ehoraklik) ko'rsatiladi. Bunday tartibda tuzilishiga sabab,
aktivlar va passivlaming holatini o'rganish hamda kelgusida ulaming daromadliligini
oshirish bo'yicha muhim qarorlar qabul qilishdir.
Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan balans hisobotlari konsodatsiyalashgan
balans shaklida tuzilib, undagi ma'lumotlar bank filiallarining bir butun moliyaviy
ahvolini o'zida mujassamlashtiradi. Bankning balans hisobotlari hisobot oyining
oxirgi kuni holatiga tuzilishini talab qiladi. Balans hisobotlari daromad va xarajatlami
tan olishning hisoblash usuli asosida tuziladi va Markaziy banka hisobot oyidan
keyingi oyning 10- sanasigacha (Toshkent shahri uchun 5-sanaga) topshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan ushbu balans hisobotlarining bo'sh
qolgan satrlarida yozuv bo'lmagan holda, bo'sh qolgan satrlarga nol yoki chiziqcha
tortib qo'yiladi. Ayrim holatlarda tuzilayotgan balans hisobotlaridagi ma'lumotlar
ijobiy yoki salbiy bo'lsa, albatta, ular salbiy bo'lsa, qavs (-) ichida ko'rsatilgan
bo'lishi lozim. Oylik balans hisobotlarini tuzishda hisobotning jam i summasi
jadvalda so'm hisobida degan yozuv bilan yozib qo'yiladi. Chunki ushbu yozuvlami
(o'qishda) butun shaklda (okruglenii) yozishda xatoliklarga yo'l qo'yilmaslikning
oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: