T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Endi “yutilib ketilish” (“yutib yuborilish”) qanday qilib 
menejerlarni aksiyadorlar manfaatlarini ulkan matonat bi-
lan himoya qilishga majbur qilishini ko‘rib chiqamiz. Faraz 
qilaylik, biror firma (biz uni “yutib yuboruvchi” firma, deb 
ataymiz) boshqaruvi noto‘g‘ri ketayotgani yaqqol ko‘zga 
tashlanayotgan boshqa bir firmani ko‘z ostiga olib qo‘ydi. 
Bu firmaning menejerlari shunday investitsion qaror qabul 
qildilarki, buning natijasida aksiyalarning bozor qiymati fir
-
ma resurslaridan samarali foydalangan taqdirda erishila-
digan eng yuqori ko‘rsatkichdan ancha past. Agar “yutib 
yuboruvchi” firma unga “yutib yuboriladigan” firma ustidan 
nazorat o‘rnatish uchun yetarli miqdorda aksiyalarni sotib 
olishga muvaffaq bo‘lsa, u holda “yutib yuboruvchi” firma 
eski menejerlar o‘rniga firma ishini muvaffaqiyatli (samara
-
li) yo‘lga qo‘yishga qodir menejerlarni ishga yollaydi. 
Sotib olingan firmaning investitsion siyosati yo‘nali
-
shi o‘zgartirilganini e’lon qilgach, “yutib yuboruvchi” firma 
u ning aksiyalarini yangi, bozor bahosidan ancha yuqori ba-
hoda sotadi va darrov daromad oladi. E’tibor bering, firma 
daromad olish uchun qo‘shimcha moddiy resurs ishlatishi-
ga to‘g‘ri kelmayotir. Demak, butun ish mobaynida uning 
barcha xarajatlari boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firma
-
ni aniqlashga va uning aksiyalarini sotib olishga qilingan 
xarajatlardan iborat. 
Muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga ketadi
-
gan xarajatlar hajmi turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo “yutib 
yuboriluvchi” firma unga mol yetkazib beruvchi mijoz yoki 
raqib bo‘lsa, bu xarajatlar nisbatan kam ham bo‘lishi mum-
kin. Chunki bunday holda zarur ma’lumotlarning katta qis-
mi oldindan to‘plangan bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatsiz 
(nosamarali) firmani topishga maxsus mablag‘ sarflanmagan 
taqdirda ham yutib yuborish mexanizmi ishlashi mumkin. 
Boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmalarni izlash
-
ga maxsus resurslar ajratish xuddi real investitsiyalar-
faqat “rag‘bat”, “stimullashtirish”ni esa faqat “rag‘batlantirish” deb qabul 
qilganligimiz uchun ham balki bu borada qilayotgan sa’yi-harakatlarim-
iz, ma’lum darajada, besamar ketayotgandir?! Ushbu masalaning qolgan 
boshqa jihatlariga kitobimizning tegishli joylarida yana to‘xtalamiz.


Moliya
65
ning yangi dasturlariga mablag‘ ajratishdek maqsadga mu-
vofiqdir. Hatto, mana shunaqa dushmanona (boshqaruv xo
-
dimlariga nisbatan), g‘ayritabiiy ravishda “yutib yuborish”-
ga ixtisoslashgan firmalar ham mavjud. Oxir­oqibat “yutilib 
ketish” xavfi ehtimoli shunaqangi ortadiki, ishdan bo‘shatil
-
ishi xavfi menejerlar uchun juda samarali turtki bo‘ladi. Va 
ular firma aksiyalarining bozor qiymatini maksimallashti­
rishga intilib, jon-jahdi bilan aksiyadorlar manfaati yo‘lida, 
shuningdek, o‘z manfaatlari yo‘lida ham mehnat qilishni 
boshlaydilar.
Darhaqiqat, aksiyadorlar aniq ko‘rsatmalar bermasa-da 
va samarali boshqarish nazariyasini uncha chuqur bilma-
salar-da, menejerlar “o‘zini o‘zi saqlash” hissiyoti tufayli 
ham firma bahosi (qiymati)ni imkon qadar (maksimal da
-
rajada) oshirishga intiladilar. Bundan tashqari yana shuni 
ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan vaziyatga sabab xoh mene-
jerlar malakasining pastligi bo‘lsin, xoh ularning maqsadni 
noto‘g‘ri tanlagani bo‘lsin, baribir “yutib yuborish” mexa-
nizmi bir xil samaradorlik bilan uni to‘g‘rilashga qodirdir. 
“Yutib yuborish” mexanizmining samaradorligi ba’zida 
davlat siyosati tufayli pasayadi. Masalan, turli tovar bozor-
larida monopoliya
101
lar yuzaga kelishini oldini olishga in-
tilib, AQSh Adliya vazirligi raqobat kamayishiga olib kelishi 
mumkin bo‘lgan kompaniyalar birlashishi va bir kompaniya 
ikkinchisini qo‘shib olishini cheklashga yo‘naltirilgan trest-
ga qarshi qonunchilik doirasida qator tadbirlarni amalga 
oshirmoqda. “Yutib yuboruvchi” o‘rnida ko‘pincha sama-
rasiz korxonaga mahsulot yetkazib beruvchi, uning mijozi 
yoki raqibi ish ko‘rar ekan, bunday davlat siyosati “yutib 
yuborish” xavfini kamaytirishga qodir. 
101
“Monopoliya” mono.. + yunoncha “poleo” – sotaman. 1. Iqtisodiyot-
ning biron-bir sohasida tanho hukmronlik; davlat, korxona yoki jismoniy 
shaxslarning ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik sohasida faoliyat 
olib borishi uchun berilgan alohida huquqi; 2. Muayyan ishlab chiqa rish 
yoki uning katta bir qismini, shuningdek, biron-bir tovar sotishni o‘z qo‘li-
ga olgan yirik xo‘jalik birlashmasi (kartel, sindikat, trest, konsern va sh.k. 
Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 614.


66

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin