Moliya
71
yati uchun mas’ul va bevosita prezidentga hisobot beradi.
Shuningdek, ko‘p hollarda, firmada yana ikkita vitseprezi
-
dent faoliyat yuritishi mumkin.
Ular marketing va ishlab
chiqarish operatsiyalari uchun mas’uldirlar. Ba’zida yirik
firmalar shtat
111
iga rahbar lavozimi kiritiladi. Rahbar kom-
paniya prezidenti strategiyasi amalga oshishi uchun mas’ul
hisoblanadi.
Moliya bo‘yicha birinchi vitse-prezidentga uchta bo‘lim
bo‘ysunadi: a) moliyaviy rejalashtirish bo‘limi; b) g‘az-
nachilik; v) buxgalteriya. Ularning har biriga vitse-prezi-
dent boshchilik qiladi. Moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha vi-
tse-prezident uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarning aso-
siy yo‘nalishlarini tahlil qilish uchun mas’ul,
shuningdek,
firma faoliyat sohasini o‘zgartirishi lozimmi, yoki hozirgi
biznesni
davom ettirishi kerakmi, kabi maqsadlarga baho
beradi. Shuningdek, boshqa firmalarni qo‘shib olish va so
-
tib olish hamda bosh firmadan yangi firmalar ajralib chiqi
-
shi imkoniyatlarini tahlil qilish
ham uning vakolat doirasi-
ga kiradi.
G‘aznachi (treasurer) joriy moliyaviy faoliyat va firma
ning aylanma kapitalini boshqarish uchun mas’ul. Shu-
ningdek, tashqi investorlar bilan munosabatlarni bosh-
qarish, firmaga foiz va valyuta riskining ta’sirini baho
lash hamda soliq bo‘limini boshqarish ham uning vakolat
doirasiga kiradi.
Korporatsiyaning bosh hisobchisi (controller) firmada
buxgalterlik hisobi
va ichki audit, xususan rejadagi va asli-
dagi
xarajatlarni, korporatsiyaning turli xo‘jalik birliklari
faoliyatidan olingan daromad va foydani taqqoslash uchun
xizmat qiladigan ichki hisobotlar uchun mas’ul.
Shuning-
dek, aksiyadorlar, kreditorlar va davlat boshqaruv (tartibga
soluvchi) organlariga taqdim etish
uchun moliyaviy hisobot-
lar tayyorlash ham uning vakolati doirasidadir.
111
“Shtat” nemischa “Staat” so‘zidan olingan bo‘lib, korxona, muassasa,
tashkilot xodimlarining doimiy, barqaror shaxsiy tarkibi, ularning lavozim
va maoshlari ko‘rsatilgan ro‘yxati. Qarang: o‘sha manba. J.IV. – B. 602.