Moliya
219
ROA koeffitsiyentining
ROS va ATO koeffitsiyentlari or
qali ifodalanishi mumkinligi quyidagi
dalil bilan tasdiqla-
nadi: turli sohada faoliyat yuritadigan firmalarning sotuv
lar rentabelligi va aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyentlari
mutlaqo har xil bo‘lishi va shu bilan
birga aktivlar daro-
madliligi ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan,
odatda, supermarketlarning sotuvdan rentabellik ko‘rsat-
kichlari past, aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari yuqori
bo‘ladi. Qimmat zargarlik buyumlari do‘koniga
esa buning
aksi xos. Ammo ikkala do‘konning aktivlar daromadliligi
koeffitsiyenti bir xil bo‘lishi mumkin.
Aytilganlarni misolda ko‘rish
uchun aktivlar daromadli-
ligi koeffitsiyenti bir xil, ya’ni 10,0%ga
teng ikkita firmani
ko‘rib chiqamiz. Birinchi firma – bu supermarketlar tar
-
mog‘i, ikkinchisi esa – kommunal xizmatlar ko‘rsatishga
ixtisoslashgan firma bo‘lsin. 13.1.1jadvaldan ko‘rinib tur
-
ganidek, supermarketlar tarmog‘ining
sotuvdan daromadli-
lik koeffitsiyenti “past” (2,0%) va u o‘z aktivlarini yiliga besh
marta aylantiribgina aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichini
10,0% li ko‘rsatkichga olib chiqadi. Ko‘p kapital talab qila-
digan kommunal xizmatlar sohasiga kelsak, bu
sohada ish-
laydigan firmaning aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti
(ATO) yiliga atigi 0,5 martaga teng bo‘lsa-da,
sotish renta-
belligi yuqori, ya’ni 20,0% bo‘lgani uchun u ham 10,0%lik
aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA)ga ega.
13.1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: