Moliya
121
Shuni alohida qayd etish joizki, bu jarayonda texnolo-
giya
181
eng muhim omil hisoblanadi. Kredit kartochkalarn-
ing qo‘llanilishi faqatgina telefon va kompyuter tarmoqlari,
shuningdek, boshqa o‘ta
murakkab telekommunikatsiya
tizimlari, axborotga ishlov berish uchun dasturiy ta’minot
yaratilishi natijasida amalga oshdi. Biroq kredit kartochka-
lari zamonaviy moliyaviy tizimning muhim qismiga aylani-
shi uchun foyda olish maqsadida yangi imkoniyatlar ning
doimiy qidiruvida bo‘lgan va moliyaviy xizmatlarni taklif qi-
luvchi firmalar, ushbu ilgarilab ketgan texnologiyadan foy
-
dalanishga tayyor bo‘lishlari lozim edi. Bu narsa, o‘z nav-
batida, ikkinchi tomondan uy xo‘jaligi va boshqa firmalar
-
ga ushbu kartochkalarni sotib olishga tayyor bo‘lishlarini
taqozo etar edi.
Innovatsiyalar tarixida (moliyaviy va
boshqa istalgan so-
halarda) biror-bir potensial iqtisodiy foydali g‘oyani ishlab
chiqishda ko‘pincha birinchi bo‘lgan firma bundan katta
foyda olmasligi holati takrorlanib turadi. Bu kredit kartoch-
kalariga nisbatan ham adolatli (tegishli)dir. Xalqaro sayo
-
hatlarga kredit kartochkasini ishlatishni taklif qilgan birin-
chi kompaniya Ikkinchi jahon urushi tugashidan so‘ng
darhol asos solingan
Diners Club
bo‘lgan
.
Ushbu firmaning
muvaf faqiyati boshqa ikki kompaniyani –
American Express
i
Carte Blanche
ni kredit kartochkalaridan
foydalanishning
o‘xshash dasturlarini taklif qilishga undadi.
Kredit kartochkalaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlar-
ni taklif qiluvchi firmalar, kartochkalarni qo‘llagan holda
tovarlar sotishni amalda qo‘llayotgan chakana savdogarlar
to‘layotgan komission shaklida (qoidaga ko‘ra, xa rid nar-
xidan ma’lum bir foiz), shuningdek,
bu kartochka egalari-
ga kreditdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz shak-
181
«Texnologiya» yunoncha «techne» - mahorat, san’at + logos – ta’limot.
1. Ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo, material, yarimfabrikat
va sh.k.larga ishlov berish yoki qayta ishlash, ularning holati, xossalari
va shaklini o‘zgartirishda qo‘llanadigan usullar (metodlar) majmui. 2. Xo
-
mashyo va materiallarga tegishli ishlab chiqarish qurollari yordamida ish-
lov berish usul va yo‘llari haqidagi fan. Qarang: o‘sha manba. J.IV. - B.81.