T u shuntiri shxat I



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə16/17
tarix14.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#176790
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
193-yutt ALIBEK tayyor

6.2 Atrof muhit muhofazasi.
Fan-texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi, sanoat ishlab chiqarishining о‘sishi va bizni о‘rab turgan tabiatga ta’sirlarning kuchayishi uning о‘z-о‘zini boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun atrof muhitni himoya muhofaza qilish, demak hozirgi va kelajak avlodlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish muhim masalalardan biridir.
Atrof muhitni muhofazalash davlat va jamoat chora-tadbirlari tizimidan iborat bо‘lib, inson yashashi uchun yaroqli bо‘lgan tabiiy muhitni saqlab qolishni ta’minlaydi. Atrof muhitni himoyalash bо‘yicha chora tadbirlar tabiatning rivojlanishi qonunlarini bilishga va chuqur ilmiy qо‘llashda asoslanadi.
О‘zbekiston atmosfera havosining, suv havzalari va tuproqning holati atrofmuhit ifloslanish darajasini kuzatish va nazorat qilish umumdavlat xizmati, Davlat sanitariya nazorati xizmati, gaz tozalash va chang tutish qurilmalari ishini nazorat qilish bо‘yicha davlat inspeksiyasi regional inspeksiyalar, idoralar, korxonalar, korxonalardagi sanitariya laboratoriyalari va boshqa xizmatlar tomonidan nazorat qilinadi.
Atrof-muhit holati yangi texnologiyalar va mashinalar yaratuvchilardan ekologiya masalalariga e’tiborni talab qiladi. Har qanday texnik yechim texnika va iqtisodiy shartlarnigina emas, balki ekologik aspektlarni ham hisobga olgan holda qabul qilinadi. Loyihaviy yechimlar albatta ekologik ekspertizadan о‘tkazilishi kerak, yangi yaratilayotgan texnologik jarayonlar, mashina uskunalar va materiallar ularni joriy qilishda xalq xо‘jalik samarasi bilan bir qatorda yuqori ekologik xavfsizlik darajasini ta’minlash kerak.
Shuni ta’kidlash zarurki, keyingi yillarda kо‘plab fermer xо‘jaliklari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda yerdan oqilona foydalanmaslik natijasida minglab ekin maydonlari shо‘rlanish darajasi oshib ketmoqda va tuproq har xil eroziyaga uchramokda. Xozirgi kunda ekologiya muammosi eng dolzarb muammolardan biri bо‘lib qolmoqda. Bizga ma’lumki, tuproqqa ishlov berish shudgor qilish jarayonida Tuproq frezasi bilan ish bajarishda xatoliklarga yul qo’ymasdan oldimizga qo’yilgan muammo, yetishtirilayotgan hosilning mikdori va sifatini yaxshilash, ish unumdorligini oshirish, natijada iqtisodiy samaradorlikka erishish hisoblanadi. Lekin hozirgi kunda tuproqning strukturasining buzilishi, suvlar shо‘rlanib, iqlim о‘zgarib atrof-muhit ifloslanib bormokda. Qishloq xо‘jaligi mashinalaridan notо‘g‘ri foydalanish tuproq strukturasining buzilishiga ham sabab bо‘lmoqda.
Ma’lumki, xar bir hududning tuproq sharoiti uning joylashgan geografik о‘rniga mos ravishda tuzilgan. Xо‘jalikda asosan paxta va g‘allachilikda yetakchi tarmok hisoblanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda takomillashgan tuproq frezasini qо‘llab tuproqqa ishlov berish jarayonini mexanizatsiyalashni о‘z oldimizga vazifa qilib olganmiz.
Yerni haydash uchun biz MTZ-80 traktori va takomillashgan tuproq frezasi agregatdan foylanamiz. Xozirgi vaqtda, qishlok xo’jaligida yangi energiya resurstejamkor texnologiyalarni qо‘llagan holda tuproqqa ishlov berish (shudgor) qilish sifatini yaxshilash, agregatning ish unumdorligini oshirish dolzarb muammo xisoblanadi. Taklif etilayotgan takomillashgan tuproq frezasi yordamida asosiy ishlov berishimizda biz imkoni boricha atrof-muhitni iflosligini zaharli gazlarni ajralib chiqishini kamaytirishimiz, buning uchun yoqilgi moylash materiallarini kamroq sarflab tejamkorlikka erishib, samaradorlik foyda olishimiz kerak.
Atrof-muhitni buzuvchi manbalar va zaharli moddalar. Qishloq xо‘jaligida tuproqni ekishga tayyorlashdagi ekologik muvozanatni buzadigan sabablardan biri tuproqning shо‘rlanishi va eroziyaga uchrashidir. Tuproqning yuqori qatlamida hosil bо‘luvchi zaharli moddalar, ya’ni shо‘r tuzlar, о‘simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi hamda ularni kasallanib tezda nobud bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Tuproqqa ishlov berish jarayonida atrof-muhitni buzuvchi manbalar MTZ-80 traktori va takomillashgan tuproq frezasidan tuzilgan haydov agregatdir. Takomillashgan agregat ishlash jarayonida, yerga ishlov ishlov berish jarayonida undan ajralib chiqayotgan zaharli moddalar – karbonat angidrid, ammiak gazi, aldegidlar va chang to'zoar bo'lishi ham atrofga katta tasir ko'rsatadi. Yangi energiya resurstejamkor zamonaviy texnologiya va texnikalarni yaratishda oldin uning samara keltirishini emas, avvalo uning atrof-muhitga kо‘rsatadigan ta’sirini hisobga olish zarurdir.
Qishloq xо‘jaligida foydalaniladigan traktor va avtomobillardan ajralib chiqayotgan zaharli gazlar miqdori ruxsat etilganidan oshib ketmasligi kerak. Bunga amal qilish uchun esa biz muhandis-texnik xodimlar, mexanizatorlar о‘z vazifalariga, ishlariga javobgarlik bilan yondoshishlari zarur. Shundagina atrof-



Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin