T u shuntiri shxat I



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə4/17
tarix14.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#176790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
193-yutt ALIBEK tayyor

1. Mavzuning dolzarbligi.
Qishloq xo’jaligida ekinlarni yetishtirishda ekinlarni ekishdan oldin ekin yerlariga ishlov berish va ishlov berishda zamonaviy qishloq xo’jaligi mashinalarini tadbiq qilish muhim o’rin egallaydi. Ular birinchi navbatda ekishdan oldingi va asosiy ishlov berishni talab qiladi. Faol aylanib ishlaydigan tuproq frezasi og’ir tuproqli yerlarga ishlov berishda samarali qishloq xo’jaligi agregati hisoblanadi.
Tuproqni ekish oldidan tayyorlash, sifatini yaxshilash, tuproqqa ishlov berish uchun ishchi organlarni va tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlov berish operatsiyalarini munosib tanlash muhim axamiyatga ega. Shu sababli, yerga ishlov berishning oqilona texnologiyasini ishlab chiqish, energiya tejovchi texnologiyalar va tuproqqa ishlov beruvchi agregatlar tanlash asosiy vazifalar hisoblanadi. Tuproqqa ishlov berishning asosiy maqsadiga quyidagi texnologik operatsiyalarni bajarish yo’li bilan erishiladi. Ag’darish tuproqning yuqori va pastki qatlamlarini o’zaro joylashtirishini o’zgartirish, bunda o’simlik qoldiqlari, chimlar, begona o’tlar chuqur ko’miladi va ular mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib tuproqning hosildorligini oshiradi. Yumshatish ishlov beriladigan tuproq qatlamini bo’lak – bo’lak strukturali agregatlarga ajratish. Bunda strukturali agregatlar orasidagi masofa kattalashadi va natijada tuproqning hajmiy massalari nisbati uning yumshatish darajasini ifodalaydi. Yumshatish, asosan tuproqning uvalash ya’ni uning strukturali agregatlarini parchalash orqali amalga oshiriladi.
Har qanday ekinning hosildorligini oshirish maqsadida uni ekishdan oldin tuproqqa ishlov berib, uni qulay holatga keltirish zarur. Yerga ishlov berishda asosiy e`tiborni tuproqni himoyalab, uning unumdorligini tiklashga qaratish kerak. Shu maqsadda, tuproqqa ishlov berishning an’anaviy va resurs tejamkor usullaridan foydalanilib kelinmoqda[ 3 ].
Bitiruv malakiviy ishining maqsadi: Og’ir tuproqli yerlarga ishlov berish uchun tuproq frezasining yuritmasini takomillashtirish, tuproq frezasini takomillashtirish jarayonida energiya sarfini kamaytiradigan texnik yechimlarni ishlab chiqish, takomillashgan agregatni loyihalash.



Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin