33
5.2. Korxona faoliyatini boshqarishning etik me’yorlari
Biznes korxonaning etikaviy boshqarilishi davlat qonunlarida
belgilanmagan ahloqiy munosabatlar etik me’yorlari yordamida amalga
oshiriladi. Etik me’yorlar deganda etika qadriyatlari va qoidalari
tushuniladi. Korxona xodimlari o’z faoliyati davrida ularga rioya qilishlari
lozim. Etik qoidalar huquq va majburiyatlarni
hamda majburiyatlarini
bajarmaganligi yoki huquq doirasidan chetga chiqqanligi uchun
javobgarlikni o’z ichiga oladi.
Demokratiya tamoyillariga asoslanib faoliyat ko’rsatadigan biznes–
korxonalarda turli diniy va siyosiy dunyoqarashlarga ega bo’lgan har
millat va elat vakillari faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Bunday
korxonalarda etik me’yorlar xodimlarni irqi, tili,
tanasining rangi, dini,
jinsi, yoshi, millati, nogironligi, ish staji, dunyoqarashi,
bironta partiyaga
mansubligi, ma’lumoti, ijtimoiy kelib chiqishi va mol–mulki bo’yicha
diskriminasiya (kamsitish) ni man etadi.
Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari korxona etik me’yorlari
quyidagi nojuya harakatlarni ta’qiqlaydi: xodimlar ustidan kulishni; diniy
va irqiy jirkanishlarni; ish joyida tajovuzkorlik
vaziyatlarni keltirib
chiqaradigan hazillar va tanbehlarni; do’q–po’pisa va qo’polliq qilishni;
birovlarga jabr–zulm qilishni, narkotik
moddalardan foyydalanish va
sotishni; ishga mast va narkotik moddalarni chekib kelishni; korxona mol–
mulkini
yo’qotish, o’g’irlash, ulardan noto’g’ri va samarasiz
foydalanishni; xizmat va tijorat bilan bog’liq bo’lgan maxfiy
ma’lumotlarni oshkora qilishni; ish joylarida shaxsiy buyumlarni saqlashni
hamda xarajat materiallaridan va aloqa vositalaridan shaxsiy manfaati
uchun foydalanishni; rahbariyatga noto’g’ri va noaniq ma’lumotlar
berishni; o’z xarajatlarini bo’rttirib ko’rsatishni; davlat va boshqa
idoralarni aldashni; korxona nomidan yolg’on bayonot berishni; kuchidan
suiiste’mol va boshqalarga nisbatan tahdid qilishni; qonunlarga zid
keladigan buyruq
va farmoyishlarni bajarishni; kamsitib (mensimay)
gapirish, raqiblar va ularning tovar va xizmatlarini kamsitishni, ya’ni yerga
urishni; korxona shartnomalari to’g’risida begona kishilarga axborot berish
va ularning shartlarini oshkora qilishni; korxonada qo’llanilayotgan ilmiy
ixtirolar, bozorlarni o’rganish to’g’risida ma’lumotlarni berishni;
korxonada ishlamaydigan kishilar bilan korxona to’g’risida gaplashishni;
nojo’ya uslub va xizmatlardan (boshqalar gaplarini yashirincha quloq solib
eshitish, xodim va raqiblar to’g’risida shaxsiy ma’lumotlarni
olish uchun
xizmatkorlarni yollash, o’g’irlash va shunga o’xshash) foydalanish;
34
ta’magirlik qilishni; tovarlar yetkazib beruvchilar va kliyentlardan
qimmatbaho sovg’a yoki pul olishni, yoki ular vakillariga pul yoki sovg’a
berishni va shularga o’xshagan jamiyatda qoralanadigan hatti–harakatlar.
Yuqorida ko’rsatilgan ahloqiy (etik) me’yorlar
nafaqat biznes,
boshqa turdagi korxonalarga va ularning xodimlariga ham taalluqli bo’lib,
xodimlarning umumiy yig’ilishida qabul qilinishi va tasdiqlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: