Kirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘n go‘z milliy qadriyatlarini tiklash yo‘lida jamiyat hayotininghar bir jabhasida sobit qadamlik bilan ish olib bormoqda.Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli katta.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidan boshlamoq kerak.
Shunga ko‘ra bolalar bog‘chalarida murg‘ak qalblarga ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng mu him vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz beradigan voqea- hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversa
tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Hozirgi kunda ta’lim tizimiga berilayotga e’tibor natijasida Maktabgacha ta’lim tizimi ham bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Ta’lim sohasiga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi bolalarning bilim olish jarayonini yanada oson va qiziqarli bo‘lishini, o‘zlashtirish darajasini oshishini ta’minlamoqda. Prezidentimizning “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishini tizimli rivojlantirish bo‘yicha aniq davlat dasturlari qabul qilinadi, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2 barobarga oshirilib 100 foyizga yetkaziladi” 1-deb aytgan so‘zlari bu qaratilayotgan e’tiborning yaqqol isbotidir.
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanib, jamiyatning katta tashvish uyg‘otmoqda. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida, o‘rmonlar siyraklashib, o‘simlik va hayvonlar turlari kamayishi, foydali qazilma boyliklari tugab borayotganligi, shuningdek, suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sayyoramizning qiyofasi o‘zgarib bormoqda. Bularning barcha insonlarning tabiiy boyliklardan oqilona foydalanmasliki oqibati hisoblanadi. Shuning uchun ham ekologik tarbiya berishni maktabgacha yosh davridan boshlash lozim.