4 – sinf. “Xarita bilan ishlash metodikasi “ “Tabiat zonalari” mavzusini o’rganishda o`quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish usullari. Ma'lumki, tabiatshunoslik darslarini tashkil etilishi, avvalo, unda o’quv qurollari vositalaridan samarali foydalanishga
bog’liq. Tabiatshunoslikni o’qitish vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash.
2. Ko’rgazmali qurollar (tabiiy jismlar va suratlar).
3. Plan, xarita, globuslar.
4. Ekran vositalari.
5. Modellar va modellashtirish bo’yicha mashg’ulotlar.
6. Sinf doskasi.
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Darslik darsda
o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta'minlovchi muhim
vositadir.
Tabiatshunoslik darsliklari ham ta'lim beruvchilik, rivojlantiruvchilik
hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ular O’zbekiston tabiatining mavsumiy xususiyatlarini hisobga o’lgan holda tuzilgan. Chunonchi, taqvim bo’yicha 1 sentabrdan kuz boshlanadi. Ammo O’zbekistonda sentabrda kunlar hali yozdagidek issiq bo’ladi. Shunga ko’ra birinchi darslar yozgi kuzatishlarga yakun yasashga bag’ishlanadi, buning uchun darsliklardan yozda tabiatda olib borilgan kuzatishlarni aks ettiruvchi mavzular qarab chiqiladi. Shu sababli tabiatshunoslikni o’rganish yozgi kuzatishlarni: kun yarmida quyosh balandligi, yoz oxirida kun va tunning uzunligi, kechqurunning iliqligi, tunning salqinligi; mevalarning mo’lligi, ularning yetilish muddatlari; g’o’za chigitining unib chiqishi, gullashi, ko’saklashi; yozda hayvonlar hayoti; yoz davrida odamlarning mehnat faoliyati va hokazolarni sistemalashtirishdan boshlanadi.
“Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflar) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflar) darsliklari
matnlarining mazmuni deyarli o’lkashunoslik tamoyiliga xos tuzilgan. Bu atrof tabiatni, unda kuzatiladigan har xil obyekt va hodisalar hamda odamlar mehnat faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda o’rganish imkonini beradi.
Darslik bilan ishlashda quyidagi uslublardan foydalaniladi: matn bilan ishlash; savol va topshiriqlar bilan ishlash; darslikdagi rasmlar bilan ishlash.
Yangi mavzuni tushuntirish va olingan bilimlarni mustahkam-lashda ish
darslik matni bilan o’tkaziladi. U shu tarzda boradi: mavzu bo’yicha kirish suhbati, o’quvchining mavzu matnini to’liq yoki qismlari bo’yicha o’qishi, o’qilgan mavzular mazmuni bo’yicha suhbat, o’qituvchining tushuntirishi, yangi atama va nomlarni (o’qituvchining doskaga, o’quvchilarning daftarlariga) yozishlari.
o’qituvchi ishga rahbarlik qila turib, unga barcha o’quvchilarni jalb etadi, ularning
javoblarini qiziqarli ma'lumotlar bilan to’ldiradi; jadval, surat, diapozitiv, diafilmlar namoyish qiladi. Shu asosda o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilinadi, bu sa'yharakatlar tushunchani shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Dastlabki darslarda o’qituvchining o’zi o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan so’z
yoki jumlalarni tanlaydi va ularning ahamiyatini tushuntirishni taklif qiladi. Kelgusi darslarda bu so’zlarni vaqti-vaqti bilan takrorlash lozim. O’quvchilar asta -sekin tushunarli bo’lmagan so’zlarning ahamiyatini aniqlab, tushuna boshlaydilar. Darsliklardagi har bir mavzuga o’quv materiali bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantiruvchi, o’q^uvchilarning fikrlash faoliyatlarini rag’batlantiruvchi va yo’naltiruvchi savollar hamda topshiriqlar beriladi. Savol va topshiriqlar sababoqibatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Bilimlarni mustahkamlash uchun (O’zbekistonda qanday g’alla o’simliklari
o’stiriladi? G’alla poyasi nima deb ataladi? G’allaning mevasi nima? Tarvuz,
oshqovoq, ya'ni poliz ekinlarining mevasi boshqa o’simliklar mevasidan qanday farqlanadi? Siz yashaydigan joyda qaysi qushlar zararkunanda hasharotlarni qiradi?
Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi?).
2. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun (Nima uchun o’simliklar
barglarini to’kadi? Nima uchun barglarning rangi kuzda xira bo’ladi? o’simliklar nima uchun ko’paytiriladi? Nima uchun qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar?
Nima uchun yer haydash vaqtida dalada zag’chalar ko’p bo’ladi? Nima uchun kuz oylarida kunlar asta-sekin soviy boshlaydi? Nima uchun ba'zi hayvonlar qishki uyquga ketadilar?).
3. Kuzatish yarayonida olingan bilimlarni qo’llash uchun (g’o’za barglari g’alla
o’simliklari barglaridan qanday farqlanadi? G’alla o’simliklari poyasi nima deb ataladi? G’o’za mevasi nima deb ataladi? Ko’sak-mevalar qanday rangga ega? Ular nima bilan to’lgan? Urug’lari nima bilan qoplangan? G’o’za chigitini tolalardan tozalang va oq qog’oz orasiga olib ezing. Qog’ozda nima qoldi? Har xil boshoqli o’simliklar mevalarini ko’rib chiqing. Ularning donlari bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?).
4. Tabiatshunoslik tushunchalarining solishtirma xarakteristikasi uchun o’Plan
xaritadan qanday farqlanadi? Qushlarning bahordagi hayoti ularning boshqa
fasllardagi hayotidan qanday farqlanadi? g’alla o’simliklarining mevalarini qarab
chiqing. Ularning o’lchamini taqqoslang. Ular bir -biridan farqlanadimi?).
unki ular o’quvchilarning bilish faoliyatlarini yo’naltiradi va sinfda hamda
uyda tasvirlar ustida mustaqil ishlashga yordam beradi,
Ko’rgazmali qurollar va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish.
Inson tabiat jismlari va hodisalari olamida yashaydi, ular bilan har kuni munosabatda bo’ladi. Atrof olamda o’zini to’g’ri tushuna bilish uchun odamlar ayrim jism yoki hodisa (daraxt, tosh, hayvon va hokazolar)ni ham, bir-biriga bog’liq bo’lgan jism yoki hodisalar kompleksi (ko’cha, park, xiyobon, surat va hokazolar)ni ham qabul qila olishlari kerak.
Qabul qilish - odam tomonidan atrof olam jismlari va hodisalarini sezgi
a'zolariga bevosita ta'sir qilishi natijasida his etishidir.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining qabul qilishini rivojlantirish ustida
doimo ish olib borish kerak, toki u maqsadga yo’nalgan va tashkil qilingan kuzatish jarayoniga aylansin. Sezgini qabul qilishning rivojlangan bo’lishida tabiatshunoslik darslarida tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini to’g’ri shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollarga katta o’rin ajratiladi.Tabiatshunoslik bo’yicha o’quv qurollari g’oyat xilma-xildir. Ulardan bir xillari (tabiiy jismlar va ularning ko’rgazmali tasvir-lari) darslarda o’rganish ob’ekti hisoblanadi, boshqalari xizmat ko’rsatuvchi vazifasini bajaradi - ularni o’quvchilar o’rgan-maydilar. Darslarda o’rganish obyektlari hisoblangan qurollarni ikki gurahga:
tabiiy jismlar va o’qitish uchun maxsus tayyorlan -gan jism va hodisalarning
tasvirlariga ajratish mumkin. Tabiiy jismlarga tog’ jinslari, metallar, tuproq
namunalari, o’simliklar, hayvonlar kiradi. Ko’rgazmali qurollar sathli (suratlar, diafilmlar, diapozitivlar) va hajmli (modellar, maketlar, mulyajlar)ga bo’linadi. Unisi ham, bunisi ham harakatsiz va harakatchan bo’lishi mumkin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda globus ham muhim ahamiyatga ega. Agar plan
yer yuzasining katta bo’lmagan qismini yirik masshtabli tasvirlashdan xaritadagi mayda masshtabli tasvirlashga o’tishga imkon bergan bo’lsa, globus Yerning eng to’g’ri shakli va yuzasining tasvirini beradi. Shuningdek, ekran vositalaridan samarali foydalanish tabiatshunoslikni o’qitishda katta rol o’ynaydi. Ekran vositalariga diafilm, diapozitiv va kinofilmlar kiradi (tabiatshunoslik dasturlarida ularning ro’yxati bor).
Model ko’rgazmali qurol sifatida. Tabiatshunoslik darslarida modellar
ko’rinishidagi hajmli tasvirlar ham keng qo’llanila di. Model narsa yoki qurilmaning barcha tafsilotlarini takrorlovchi, ularga o’xshash hajmli tasvirdir. Modellarning idrokiy ahamiyati g’oyat katta, chunki ular sathli rasmlardan farq qilib, o’iganilayotgan narsa to’g’risida fazoviy tasavvur beradi.
Tabiatshunoslik bo’yicha dastur materiali o’zlashtirib olinishi uchun zarur
bo’lgan modellarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga Yer yuzasi shakllarining: tog’, tepalik, daiyo vodiy-lari, daryo va uning irmoqlari, o’pirilish, jarlarning geografik modellari kiradi. Bu modellar, agar tasviri ifodalangan predmet ekskuisiyada o’iganilgan bo’lsa, alohida ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi guruhga har xil qurilma va inshootlar: shaxta, domna pechi, suv va shamol harakatlantiruvchilari kabilarning modellari kiradi.
Tabiatshunoslik bo’yicha mashg’ulotlarda qumdan, plas -tilindan yoki
loydan yasalgan modellar qo’llaniladi, ular bolalarda hajmli hamda fazoviy
tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, obyektni tabiiy holda
ko’rsatish mumkin bo’lmagan taqd irda muhimdir. Modellar tabiat, tabiiy
inshootlar to’g’risidagi tasa vvurlarni mustahkamlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Modellashtirish bo’yicha mashg’ulotlarni sinf yoki geografiya
maydonchasidagi tabiatshunoslik va mehnat darslarida o’tkazish mumkin.
Modellashtirishdan ilgari o’zlashtirilganlarni mustah-kamlash va yangi material bilan tanishtirish, shuningdek, ekskursiyada olingan bilimlarni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. Chunonchi, bolalarga ekskursiyada kuzatilgan Yer yuzasining o’sha shakllarini plastilin bilan (qog’oz yoki kartonga) yopishtirish topshirig’ini berish lozim. o’qituvchi plastilin bilan tepalikni ifodalab uning pasti va uchini,
yotiq va tik yon-bag’irliklarini yoki tekislikni ko’rsatishni; jarlik, daryo va uning qismlari, dengiz modellarini tayyorlashni taklif qilishi mumkin. Uy vazifasi sifatida joyning relyefini yopishtirish va qog’oz yoki kartondan tayyorlangan o’simlik va hayvon modellarini maketda joylashtirishni taklif qilsa bo’ladi. Maketning qismlarini mehnat darslarida yasash mumkin.
4-sinfda “Tabiat zonalari” mavzusini o’rganishda o’quvchilar
qumtepa, dasht, cho’llarning o’simlik va hayvonlari bilan maket hamda modellarini, o’rganilgan tabiiy zonalardan istaganining flora va faunasi applikatsiyalarini tayyorla shlari mumkin. Bunday ishlar o’quvchilarning predmetga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, ular tafakkurini faollashtiradi, o’rganilayotgan hodisani ko’rgazmali ravishda tasavvur qilishga, binobarin, bilimlarni ishonchli ravishda mustahkamlashga yordam beradi. Tabiatshunoslik darslarida o’qitish vositalaridan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi
4 - sinflarda “Tabiat zonalari” mavzusini o’rganishda
kuzatishlar sistemasi «Jonajon o'lka tabiati» mavzusi bilan bog'liq
holda mavsumiylik tamoyili asosida tuziladi.
Tabiatni kuzatishlar tizimiga ushbu tushunchalami, ya’ni jonli
va jonsiz tabiat, mevali va manzarali daraxtlar, erta gullovchi
o'simliklar, texnika ekinlari, suv o'simliklari, sabzavot va poli
ekinlari, g'alla ekinlari, hasharotlar, baliqlar, suvda va quruqd;
yashovchilar, qushlami kiritish mumkin.
Kuzatishiaming natijalari yil fasllari bo'yicha «Kundalik kuzatisl
daftari» va sinfning tabiat hamda mehnat kalendarida qayd etil
boriladi. Alohida e’tibor Quyosh balandligining, kun va tui
uzunligining yil fasllari bo'yicha o'zgarishini kuzatishlaiga qaratiladi
Bu kuzatishlar o'quvchilarga tabiat va odamlar mehnat faoliyatidag
mavsumiy o'zgarishlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi
«Kundalik kuzatishlar daftari»dagi maxsus maqolalar bolalam
kuzatishlar o'tkazishga yordam beradi. «Yozda siz tabiatda nimalarn
kuzatdingiz?», «Kuzatishga o'rganing», «Kuzda tabiatni kuzatisl
natijalari», «Tabiat va odamlar mehnatidagi bahorgi va yozg
o'zgarishlar haqida nimalami bilib oldingiz?» kabi maqolalar shula
jumlasidandir.
Tabiat va mehnat kalendariga kuzatish ma’lumotlarini har kun
yozib borish kuzatishlaiga turg'un qiziqishni singdiruvchi maqsadg;
muvofiq uslublardan hisoblanadi. Shu maqsadda o'quvchilarda!
biri doskaga taklif qilinadi, u ob-havoni batafsil ta’riflaydi, kuj
davomida tabiat va odamlar mehnatida qanaqa qiziqarli holatla
bo'lganligi haqida gapirib beradi. Uning javobini o'rtoqlari to'ldiril
aniqlaydi. Javob o'qituvchi tomonidan albatta baholanadi, kuzatisl
kalendariga yoziladi.
Tabiat va mehnat kalendariga yozilgan ma’lumotlami faqat
tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika (zaru
hisoblashlar qilish, masalalar tuzish, diagramma chizish), ona;
tili (insho tayyorlash, biror davrda tabiatni ko'rsatish uchui
she’rlar va nasriy asardan parchalar tanlash), mehnat ta’liminin;
qishloq xo'jalik mehnati bo'limi (biror davrdagi ob-havo o'quv
tajriba maydonidagi o'simliklaming o'sishi va rivojlanishiga qanda;
ta’sir ko'rsatganligini tahlil qilish) darslarida ham umumlashtirisl
mumkin.
Bolalarni jism va hodisalami ko'ra olish, eshitish va qabul qilil
olishga o'rgatish boshlang'ich sinf o'qituvchisining eng muhin
vazifalaridan biridir. Bolalar ko'pincha ikkita tanish daraxtg
(masalan, chinor va zarangga) qaraydilaru, ularni bir-biridai
ajrata olmaydilar. Bolalar suratni ko'rib, undagi eng muhin
tomonlarni ko'ra oladilar, deb bo'lmaydi. O'qituvchi ular oldig;
aniq obyektlami topish, ulami ta’riflash, savollarga javob berishgi
oid muayyan vazifalar qo'yishi kerak.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun bolalarni jism va hodisalarni taqqoslashga o'rgatish muhimdir. Kuzatish uchun biror
narsani ko‘rsata turib, o'qituvchi ularni nimaga o'xshashligini
so'rashi kerak. O'xshashlikni aniqlab, o'quvchilar e’tiborini
narsalar o'rtasidagi farqlarga qaratish kerak. Bunda kuzatishga iloji
boricha ko'proq sezgi a’zolarini jalb etish muhim. Bolalar ko'ribgina
qolmasdan, kerak bo'lganda ushlab, hidlab ham ko'rsin.
Kuzatuvchanlik tabiatga, ishlab chiqarishga, muzeyga,
fermaga, zooparkka ekskursiyalar o'tkazish vaqtida ham rivojlanadi.
Bu ekskursiyalar shunday ko'rishgina emas, balki sinchiklab
qarash, shunday eshitishgina emas, balki diqqat bilan quloq solish
qobiliyatini tarbiyalaydi. Tabiatshunoslikni o'qitilishini to'g'ri yo'lga
qo'yilishi boshlang'ich sinfdayoq bolalarni tabiat jismlari va
hodisalarini kuzatishga o'rgatadi.
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o'qitishda ko'rgazmali
uslubdan foydalanish bolalarda aniq faktik bilimlarning to'planib
borishiga yordam beradi. Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun
darslarga o'yin turlarini kiritish foydalidir.
Tabiatshunoslik kursida fenologik kuzatuvlar alohida o'rin
egallaydi. O'qituvchining o'zi tegishli malaka va ko'nikmalarga ega
bo'lsagina bolalarni fenologik kuzatuvlami to'g'ri o'tkazishga o'rgata
oladi.
Tarqatib chiqiladigan tabiiy materialni o'rganish jarayonida
bolalarda kuzatuvchanlik va diqqat-e’tibor rivojlanib boradi.
O'qituvchi aw a l kuzatuvlarning batafsil rejasini berishi,
o'rganilayotgan obyektning muhim belgilari bilan xossalarini qay
tariqa aniqlash kerakligini darslaming birida ko'rsatishi kerak, xolo
Masalan, xiyobonga (maktab yer maydoni, bog'i, tabiatga
ekskursiyaga chiqilganda bolalar o ‘z o'lkalarida eng ko‘p tarqalga
ba’zi daraxtlar, butalar va o ‘tlar bilan tanishib, bargli va meva
shox-novdalar namunasini, yaxlit holdagi o ct o'simliklarni yig'i
keladilar. Keyingi darsda esa o'rganilayotgan shu o'simliklamir
belgilari aniqlanadi. O'qituvchi yonma-yon o'tirgan ikki)
o'quvchiga bir-biriga taqqoslash yo'li bilan daraxtlaming bargla
va mevalarining tuzilishidagi o'xshashlik va farqni, yana ikki!
o'quvchiga butalarning barglari bilan mevalari tuzilishidaj
o'xshashlik va farqni topishni (agar bular bo'lsa), uchinchi ju
o'quvchiga o'tsimon o'simliklarning qismlari bilan tanishil
solishtirib ko'rishni va o'xshashlik hamda farqini aniqlashni takl
etadi. O'quvchilar ishni bajarar ekanlar, obyektlarni diqqat bila
ko'rib chiqadilar, o'z kuzatuvlari haqida awal bir-birlariga so'zla
beradilar, keyin har bir guruhdan bitta o'quvchi o'z kuza
tuvlarining natijasi to'g'risida butun sinfga gapirib beradi. Shu tariq
ularda o'rganilayotgan daraxtlar, butalar va o'tlar haqida, ulamin
o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida yaxlit tushuncha hosil bo'lad
ular ko'rib chiqqan narsalarini yaxshiroq eslab qoladilar.
Dars oxirida o'qituvchi kuzatuvlar davomida aniqlanga
ko'pdan-ko'p faktlarni umumlashtirishga va o'simliklarnin
yashash muhiti bilan o'zaro bog'liqligi to'g'risida xulosa chiqarishg
yordam beradi.
Keyinchalik o'qituvchi bolalarga biror topshiriq berar ekar
bajarilgan ish uchun bir-biriga baho qo'yishni taklif etishi mumkii
Demak, o'quvchilarning har biri o'quv yili davomida go
o'quvchi, goh o'qituvchi rolini bajarib, o'qituvchiga yordamcl
bo'lib borishi mumkin. Pirovard natijada, o'qituvchi bila
o'quvchilar o'rtasida o'zaro ishonch munosabatlari tarkib top
boradi, ya’ni hamkorlik pedagogikasiga ilk qadamlar qo'yiladi.
Kuzatuvchanlik va diqqat-e’tiborni rivojlantirish uchur
masalan, hayvonlarning xulq-atvorini kuzatish foydalidii
Chunonchi, tabiatga ekskursiyaga chiqilganda bolalar chumchuc
jiblajibon, qarg'a va maynalarning yer yuzida qay tariq
harakatlanishini kuzatishib, o'qituvchidan ularning yurishlarir
imkoni boricha o'xshatib namoyish qilib ber, degan topshiriqr
olishadi. Yoki boshqa bir kuzatuv olib borish: musicha, chittai
chum ch uq, qarg'a, mayna, za g 'izg 'o nla r qanday ovo
chiqarishini tinglash va kuzatuvlardan keyin shu tovushlarga taqli
qilib, tovush chiqarish o ‘quvchilardan so‘raladi. O'quvchilarning
ba’zilari qushlaming ovozi va harakatlariga taqlid qiladilar,
boshqalari o'z o'rtoqlarining qanday qushlarga taqlid qilayotganini
aniqlab borishadi. Bu mashg'ulot quvnoqlik bilan, qiziqarli o'tadi,
natijada bolalar yovvoyi qushlaming hayoti to'g'risidagi
tasawurlarga ega bo'lishadi, ularda bu qushlarga nisbatan qiziqish
va ular hayotini yana kuzatib borish, ularni asrash, qishda boqish
istagi paydo bo'ladi. Xuddi boshqa har qanday ishda bo'lgani kabi,
bu ishda ham kuzatuvlar natijalariga qarab «Kundalik kuzatish
daftari»ga tegishli yozuvlar yoziladi va rasm chiziladi.