Tabiatda tarqalishi. Texnetsiy (yunoncha technetos – sun’iy, lotincha technetium), Tc – Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Texnetsiyning 20 ta radioaktiv izotopi ma’lum. Texnetsiyni 1937 – yilda E.Segre bilan italyan kimyogari K.Perrye molibden yadrolarini deytronlar bilan bombardimon qilib olishga muvaffaq bo’lgan. Olinishi. Texnetsiy yadro reaktorlarda uranning yemirilish mahsulotlaridan ajratib olinadi. Texnetsiy, asosan, atom sanoati chiqindilaridan olinadi. Metall texnetsiy NH4TcO4,TcO2, Tc2S7 ni 600-1000* da vodorod bilan qaytarib olinadi.
Ishlatilish soxalari. Texnetsiy korroziyaga bardoshli modda bo’lganligi uchun reaktorsozlik va aniq asbobsozlik ishlarida konstruktor material sifatida, suyuqlanish harorati yuqori bo’lganligi uchun yuqori haroratli termoelementlarda ishlatiladi. “Tc yemirilganida nurlar hosil bo’lmaydi. Shunga asoslanib, undan radiometrik va dizometriyada standart sifatida foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. N.G.Glinka “Umumiy ximiya”. Toshkent -1968 yil. 2. G.P.Xomchenko “Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun ximiyadan qo’llanma”. Toshkent – 1985 yil. 3. “Anorganik kimyo” N.Parpiyev, A.Muftaxov, H.Rahimov.
Kimyoviy xossalari. Marganes havoda tursa, yupqa oksid pardasi bilan qoplanib qoladi. Marganes kuchlanish qatorida alyuminiy bilan rux o’rtasida joylashgan bo’lganligi uchun, suyultirilgan kislotalarda oson erib, vodorod ajratib chiqaradi va ikki valentli marganets ionlarini hosil qiladi. Marganes 5 ta oddiy oksid: MnO, Mn2O3, MnO2, MnO3, Mn2O7 (ya’ni MnO*Mn2O3) hosil qiladi. Bu oksidlardan birinchi va ikkinchisi asosli oksidlar bo’lib, marganets (IV)=oksid MnO2 amfoter xossaga ega; marganesning yuqori oksidlari MnO3 va Mn2O7 lar esa muvofiq kislotalarning angidridlaridir. Amaliy jihatdan olganda, ikki valentli marganetsning xosilalari, marganets (IV)-oksid va yetti valentli marganets birikmalari – permanganat kislotaning tuzlari – permanganatlar eng muhim ahamiyatga ega.