Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “O`zbekistonda alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ularning tarifi”


Nurota tog'-yong'oqzor davlat qo'riqxonasi flora-faunasi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə4/11
tarix18.02.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#84872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
TABIAT KURS ISHI ozoda

Nurota tog'-yong'oqzor davlat qo'riqxonasi flora-faunasi.
Severtsov qo`ylari Nurota davlat qo`riqxonasidagi noyob va o`ta qiziqarli bo`lgan sut emizuvchilardan sanaladi. Ayni paytda bu yerda saqlanayotgan qo`ylarning soni 1700-1800-tani tashkil etadi. Bu noyob tog` qoyi turi qo`iqxona tashqarisida deyarli uchramaydi.Baliq turlarida faqat bitta O’zbekiston bo’ylab keng tarqalgan Marinka turi mavjud.
Tog` tepasida dengiz sathidan 1100 metr balandlikda joylashgan Fozilmon ko`lida yashil qora qurbaqalarni va ko’l qurbaqalarini Qo`riqxonada sudraluvchilarning 21 tur qayd etilgan. Ular orasidan bir nechtasi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Kaltakesak va noyob ilonlarning ko`p turlari shular jumlasidandir. Sudralib yuruvchilarning bir qismi cho`llarda, qolgan qismi tog` yon bag’rlarida yashaydi.uchratsih mumkin.
Nurota davlat qo’riqxonasi ko`p sonli qushlarning migratsion yo’nalishlaridan biri sanaladi. Kuzda va bahorda qo’riqxona hududida qushlarning turli xillarini uchratish mumkin. Bu yerda qayd etilagan qushlarning 196 turidan 103 turi qo`iqxonani o`z makonlariga aylantirganlar. Qo’riqxonada uchraydigan qushlar orasidan 9 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Bu yerda qora laylak, qora kalxat, Griffon-yirtqich qushi, Oltin burgut, Ilon burgut kabi qush turlarini uchratish mumkin.
5-Rasm

Nurota tog'-yong'oqzor davlat qo'riqxonasidagi qushlar.
Chotqol biosfera qo’riqxonasi — Toshkent viloyatining Parkent tumani tog’li hududida, Chatqol tog’ tizmalarining janubi-g’arbida joylashgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990-y. 21-iyundagi qarori bilan Chatqol qo’riqxonasi (1947) negizida Ugom Chatqol davlat tabiat milliy bog’i tashkil etilishi munosabati bilan uning janubiy qismida alohida qo’riqlanadigan hudud tarzida ajratilgan.
Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish boshqarmasiga qaraydi. G’arbiy Tyanshanning ulkan va noyob o’simliklari, hayvonot va qushlarini o’rganish, saqlab qolish va ko’paytirish maqsadlarida ish olib boradi. Umumiy maydoni. 9900 ga.
Qo’riqxona hududi sharqda deyarli Namangan viloyati, janubi-g’arbda Ohangaron tumani tog’li hududlariga yaqin boradi. Relyefi har xil balandliklar (1100 —4000 m), qoyali cho’qqilar va tik qiyaliklar bilan tavsiflanadi. 1000 —1500 m balandlikda lyossimon tuproqlar, undan yuqorida tog’-o’rmon va o’tloqi tuproqlarning turli shakllari rivojlangan. Iqlimi kontinental, yanvar oyining o’rtacha harorati —7°, iyul oyiniki 23—25°, yillik yog’in miqdori 700—800 mm.
G’arbiy Tyanshan uchun noyob bo’lgan o’simliklarning 33 turi, hayvonlarning 3 turi, qushlarning 4 turi Xalqaro va O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qo’riqxona o’simlik qoplami tiklanib, hayvon va qushlar soni ko’paymoqda. Qo’riqxona Maydontol uchastkasining baland tog’ qoyalarida tog’ echkisi va kiyiklar tasviri tushirilgan petrogliflar (Teraklisoy petrogliflari) topilgan (1965). Asosiy daraxtlari tol, terak, qora archa, savor archa, yong’oq, pista qayin, zirk, chetan, do’lana, yovvoyi olma, tog’olcha va b. Hayvonot dunyosida 30 dan ortiq sut emizuvchilar turi, shu jumladan, tog’ qoploni, qo’ng’ir ayiq, tog’ echkisi, yelik, tulki, bo’rsiq, qobon (yovvoyi cho’chqa) va b., qushlarning 140 dan ortiq turi bedana, qirg’iy, qora laylak, kaklik, qumri va b. (qushlardan qora laylak, qirg’iy uya qurib bola ochadi), umurtqasizlarning 19 turi uchraydi. Mazkur qo‘riqxonada o‘simliklarning 1132 ta turi uchraydi va ularning bir qanchasi o‘zining noyobligi tufayli “Qizil kitob”ga kiritilgan. Hayvonlarning esa 1000 dan ortiq turi qo‘riqxonada saqlanadi.
Qo'riqxonaning hayvonot dunyosi boy va turli-tumandir. Bu yerda ayiq, taka, bo'rsiq, tulki, to'ng'iz, sug'ur, jayron, kaklik, burgut, ilonlar uchraydi. Bundan tashqari qorako'zli kaltakesak, toshbaqa, Maydontolning ba'zi joylarida Sibir tog' echkilari mavjud. Sudralib yuruvchi hayvonlarning 9, qushlaning 93, sutemizuvchilaming 23 turi mavjud. Baday-to’qay davlat qo’riqxonasi
Baday-To'qay qo'riqxonasi 1971-yilda tashkil topgan. O'sha yili 26-aprelida bu hududdagi to'qay o'rmonlar hamda hayvonot olamini saqlash maqsadida Hukumat tomonidan farmon qabul qilingan edi. Boshida Toldiq-to'qay degan o'rmonli hudud ham bu davlat qo'riqxonasiga kiritilgan edi. Biroq Beruniy tumani kotibi bu hudud 225 iqtisodiy tabiat resursini tashkil etishini hisoblab byerishi tufayli qo'riqxona tarkibiga kiritilmadi. Baday-To'qay qo'riqxonasining maydoni 6462 ga Qo'riqxona Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy tumanida Amudaryoning o'ng sohilining quyi qismida joylashgan. Qoraqalpog'iston iqlimi keskin -kontinental. U o'zining quruq va issiq yozi, sovuq qishi va nam miqdordagi yog'ini bilan haraktyerlanadi.
Flora (o'simlik): 1. Buzellolasi; 2. So'g'd lolasi; Baliqlar: 1.Orol shipi (XTSI); 2.Amudaryo kata kuraksimon balig'i (XTSI); 3. Kichik kuraksimon Amudaryo balig'i; 4.Orol oq ko'zi; 5.Orol usaehi. 227Qushlar: 1. Kichik Baklan; 2. I1onxo'r qush; 3. Balaban; 4. To'q jigarrang kabutar. Sutemizuvchilar: Buxoro kiyigi va ohu qushlar: Kichik Baklan, musicha, mayna, qaldirg'och, ilonxo'r qush, Sapsan, uzun dumli burgut, qora kalhat, fazan (tustovuq), to'q jigarrang kabutar kabi noyob qush turlari. Sutemizuvehi hayvonlardan esa: qo'riqxonaning faxri Xongul yohud Buxoro bug'isi, to'ng'iz kabilar muhofaza qiIinadi. To'ng'izlar faqat to'qayda bo'ladi

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin