Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “O`zbekistonda alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ularning tarifi”



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə1/11
tarix18.02.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#84872
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
TABIAT KURS ISHI ozoda


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G419-GURUH TALABASI
ERGASHEVA OZODANING
TABIATDAN FOYDALANSHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “O`zbekistonda alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ularning tarifi” MAVZUSIDA YOZGAN

KURS ISHI

TerDU____2022-2023
Topshirdi: _________________
Qabul qildi: _________________
REJA:
KIRISH
1.O’zbekiston Respublikasidagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar.
2.O`zbekistondagi Qo’riqxonalar va ularning tiplari.
3.O`zbekistondagi milliy bo`glar va buyurtmaxonalar(zakasniklar).
4.Kitob davlat qo`riqxonasi.
5.Surxon davlat qo'riqxonasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyatning bir-biri bilan chambarchas bog’langan yaxlit borliqning ikki bo’lagini tashkil etadi.
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o’ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va uning ongi tabiat qonunlariga bo’ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo’nalishlarda doim muloqatda bo’ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog’laydi. Insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha narsalar –ozuqa , kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi.Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo’ladi.
XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko’plab tabiiy zaxiralar: Yer osti boyliklari, qishloq xo’jalik yerlari baliq zaxiralari, suv va quruqlik hayvonlari, o’simlik dunyosida kengroq foydalanila boshladi. Janubiy va Shimoliy Amerika hamda Afrika materiklari atrofidagi orollarini mustamlaka qilish tezlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kelib joylashdilar va Tinch okeaniga qirg’oqlariga yetib bordilar. Aholi sonining o’sishi, yangi hududlarning egallanishi va ekspluatatsiya qilinishi kuchayadi. O’rmonlar kesildi landshaftlarning tubdan o’zgarishi va ko’plab ov qilish hayvon zaxiralariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’plab qimmatbaho hayvonat va o’simlik turlari yo’q bo’lib ketdi yoki ular soni keskin kamaydi.
Sanoatning rivojlanishi tabiiy zaxiralarning kamayib borishidan tashqari, atrof-muhitning ifloslanishi muammosini ham keltirib chiqardi. Suv havzalari, atmosfera, tuproq sanoat chiqindilari bilan ifloslanib borayotganligi ma’lum bo’lib qoldi. Bular o’simliklar va hayvonat dunyosi, shuningdek odamlar sog’ligiga ham kuchli xavf bo’lib qoldi. Bu salbiy omil asta-sekin butun yer yuzuni o’z ta’siri ostiga olish XX asr boshlariga qadar sun’iy harakterga ega bo’lsa, endelikda bu sayyoraning global muammosiga aylanib ketdi. Jumladan, Antarktidaning tabiati ham radioaktiv chanlar va DDT pestitsidining borligi, yoqilg’i mahsulotlari mavjudligi aniqladi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, turli tabiiy zaxiralarning hududlar bo’yicha tanqisligi atrof-muhitning dunyo miqyosida ifloslanishi va muvozanatning buzulishi ro’y berdi va tobora keskin tus olib, ekologik sharoitining buzilishi uchun real xavf paydo bo’ldi, bu esa quyidagi sabablarga bog’liq bo’lib, insoniyatning kelajakdagi hayoti va faoliyatini murakkablashtirib yubordi.
Hozirgi fan-texnika taraqqiyotining tabiatga ta’sir etish yo’llari va shakllari nihoyatda ko’p. Bu ta’sir natijasida tabiatdagi miqdor o’zgarishlargina emas, balki sifat o’zgarishlari ham sodir bo’lmoqda. Fan texnika inqilobining tabiatga ta’siridagi eng muhim asosiy tendensiyalari quyidagilardan iborat.
Tabiiy zaxiralarni iste’mol qilish hajmi aholi sonining ortishiga qarab ortib bormoqda. Masalan, 1972-yil tabiiy boyliklarni jon boshiga iste’mol qilish 1940-yilga nisbatan 2,5 barobar ortdi. 2000-yilda esa kishi boshiga 35-40 tonnaga yetdi. Hozirgi vaqtda insoniyatning xo’jalik ehtiyojlari uchun yiliga daryolar suvning taxminan 13% idan foydalaniladi.
Fan-texnika rivoji tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni yaxshilash bo’yicha insoniyat uchun katta imkoniyat tug’dirdi. Lekin bir vaqtning o’zida tabiiy muhitning ancha ifloslanishiva yomonlashuviga ham olib krladi. Tabiatga zararli moddalar va birikmalarning chiqarib tashlanishidan havo, tuproq va suvning fizik, ximik va biologik xususiyatlari o’zgardi. Bu hol tabiiyki, kelajakda o’simliklar, hayvonlar va odam hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ekologik zarar inson yashaydigan muhit sifatining yomonlashishidir. Inson uzoq vaqtlargacha tabiatga bitmas-tuganmas manba sifatida qarab kelgan. Lekin o’zi tabiatga ta’sir etishining salbiy natijalariga duch kelib, u asta-sekin tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning zarurligi haqida ishonch hosil qila boshladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshida inson faoliyatida tabiatni muhofaza qilish haqidagi tasavvur faqat ayrim hayvon va o’simlik turlarini, noyob obyektlarini muhofaza qilishnigina o’z ichiga olar edi. Tabiatni muhofaza qilish faqat biologic muammo deb qaralar edi.
Tabiatni muhofaza qilishning aniq vazifalaridan biri tabiatni o’zgartirish oqibatlarini va salbiy natijalarining oldini olish yo’llarini aniqlashdan iboratdir. Tabiiy majmualarini har taraflama va chuqur o’rganmasdan, ularning komponentlari o’rtasidagi aloqolarini aniqlamasdan va hisobga olmasdan tabiatni muhofaza qilishdek murakkab vazifani amalgam oshirishga mumkin emas.
Bu masalalarnimajmua o’rganish bilan ekologiya fani shug’ullanadi. Uning yo’nalishlari salbiy texnogen o’zgarishlarni oldindan aniqlashga va ularni o’z vaqtida bartaraf qiluvchi chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgandir. Demak, tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari – tabiiy zaxiralarni muhofaza qilish, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlashdan iboratdir. Tabiatning muhofaza qilishning ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy, sog’lamlashtirish – gigiyena, tarbiyaviy, estetik va ilmiy yo’nalishlari bor.

1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN HUDUDLAR


O’zbеkistоn Rеspublikаsidа аlоhidа muhоfаzа qilinаdigаn hududlаrning umumiy mаydоni 1355,6 ming gа. Ulаrgа qo’riqхоnаlаr, tаbiаt vа milliy bоg’lаr, tаbiаt buyurtmаlаri, tаbiаt yodgоrliklаri kirаdi. Хоrijiy mаmlаkаtlаrdа uning yagоnа bоshqа ko’rinishlаri hаm mаvjud.
Dаvlаt qo’riqхоnаlаri hukumаt qаrоrigа аsоsаn tаshkil etilаdi. Qo’riqхоnа hududidаgi bаrchа nаrsаlаr vа mаydоnlаr хo’jаlik fаоliyatidаn chiqаrilаdi vа dаvlаt tоmоnidаn mоliyalаshtirilаdi.
1-Rasm


Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin