2.Ozuqa zanjiri bu organizmlar orasidagi trofik munosabatni akslantiruvchi ideallashtirilgan ko`rinishli, real ekosistemalarda ozuqa zanjiri emas, balki ozuqa to`ri deyiladi. Ozuqa zanjiri orqali energiyani uzatish ikki xil ko`rsatgichga bog’liq: 1) To`laligicha iste`mol qilish (oldingi trofik zvenodagi organizmlarni qisman tirikligicha iste’mol qilinishi), 2) Energiyani effektiv o`zlashtirishi (keyingi trofik zvenoga o`tgan qisman solishtirma energiyaning har bir o`zlashtirilgan biomassa birligi hisobidan).
To`laligicha yeyish va energiyani effektiv o`zlashtirilishi trofik zvenoning o`sishi bilan ko`payadi va ekosistema tipiga bog’liq ravishda o`zgaradi. Misol uchun, o`rmon ekosistemasida fitofaglar o`simliklarning 10% dan kam energiyasini o`zlashtiradi (qolganlari detrofaglar uchun yem bo`ladi), cho`lda esa –30% gacha.Suv ekosistemalarida bunday ko`rsatgich yana ham yuqori to 40% gacha o`zlashtirish bo`lishi mumkin.Ozuqa zanjirini yuqori zvenolarda energiyaning o`zlashtirish ko`rsatgichlari o`sadi, yuqori darajali yirtqichlar o`z o`ljalarini 90% gacha biomassasini o`zlashtiradilar, shuning uchun bunday hayvonlar orasida o`zining tabiiy o`limigacha yashaydiganlari soni katta. Suv ekosistemalarida bunday ko`rsatgich yana ham kattaroq, masalan detridga yirtqich baliqlarning 100% biomassasi o`tadi (ularni hech kim yemayditabiiy holda va ularning populyatsiya zichligi parazitlar orqali nazorat qilinadi). Bunday detrid dengiz tubiga tushib, bir qismi detritofaglar orqali o`zlashtiriladi, qolganlari dengiz tubida qoladi. Detritning dengiz tubiga cho`kib qolishi miqdori dengiz ekosistemasining mahsuldorligiga to`g’ri proportsional.Ozuqa zanjirida energiyani o`zlashtirish koeffitsientini baholashda ko`pincha «Lindeman soni» dan foydalanadilar, ya`ni bir zvenodan ikkinchisiga 10% energiya o`tishini mumkinligi. Bu albatta juda ham soddalashtirilgan ko`rsatgich. Chunki biz bilamizki, ozuqa zanjiri o`sishi bilan energiyani istemol qilish effektivligi o`sadi. «10% qonun» bu faqat avtotrof ekosistemalardagi ozuqa zanjirini birinchi zvenolaridan ikkinchisiga o`tishda to`g’ri bo`lishi mumkin.