1-Amaliy mashg‘ulot. Tabiatshunoslikni o‘qitishda foydalaniladigan dars turlari. Tabiatshunoslikni o‘qitish vositalari
Reja:
Dars haqida tushuncha
Tabiatshunoslikni o’qitishda foydalaniladigan dars turlari
2-Amaliy mashg‘ulot. Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari
Reja:
1. Bilimlarni tekshirishning o‘zlashtirish yuqori bo‘lishi uchun tutgan o‘rni.
2. Bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni baholash.
3. Tabiatunoslikka oid daftar tutish va yurgizish.
4. O‘quvchilar bilimini tekshirishdagi umum metodik talablar.
O‘qituvchining o‘qitish jarayonini nazorat qilib borishi, o‘quvchilar bilimini tekshirishi va baholashi o‘qitish jarayonining majburiy elementidir. Tekshirish bilimlarni mustahkamlash va aniqlashtirishga xizmat qiladi, chunki uzoq vaqt tekshirishsiz qolgan bilimlar oson unutiladi. Bilimlarni takrorlash yangilarini o‘rganish uchun tayanchdir.
Tabiatunoslik darslarida o‘tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish yangi mavzuni o‘rganish jarayonida va uni o‘rganishdan keyin, shuningdek har bir chorak hamda yil oxirida o‘tkaziladi. Takrorlashning turli uslublari mavjud. Hammadan avval bu: ko‘rilgan diafilmlar yoki kinofilmlar, suratlar, kontur kartalar bo‘yicha suhbat vaqtida, o‘quvchilar tomonidan tajribalar o‘tkazilayotganida; masalalar yechish va mashqlar bajarilayotganida; qiziqarli savollarga javob berilayotganda bilimlarni umumiy yoki individual tekshirishdir. Takrorlash turlaridan biri o‘quvchilar bilimini og‘zaki hisobga olishdir, u har bir darsda butun sinfni umumiy so‘rash yoki ayrim o‘quvchilardan individual so‘rash ko‘rinishida o‘tkaziladi. Umumiy so‘rashning qimmati shundaki, bunda javob berishga ko‘proq sondagi o‘quvchilarni jalb qilish va sinf e‘tiborini ushlab turish imkoniyati bo‘ladi. Biroq ayrim savollarga olingan javoblar har bir o‘quvchi bilimlarining chuqurligini aniqlashga imkon bermaydi va ularga o‘z fikrlarini ravon hikoya tarzida bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga halaqit beradi. Shuning uchun ham individual so‘rash, ya‘ni ayrim o‘quvchining ravon hikoyasi so‘rashning asosiy turi hisoblanadi. So‘rash jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlari naqadar aniqligi va fahmlab olinganligini, ularning o‘rganilayotgan jonsiz tabiat ob‘ektlari, o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarini qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra materialni faqat og‘zaki bayon qilinishi bilan qanoatlanib qolmaslik kerak. Talab qilish kerakki, o‘quvchilar javoblarida kuzatish natijalaridan foydalansinlar, o‘z hikoyalarini o‘qituvchi materialni tushuntirishda foydalangan jadval, model va boshqa o‘quv qurollarini ko‘rsatish bilan birga olib borsinlar. Alohida o‘quvchidan so‘rashning butun sinf bilimlarini mustahkamlashga yordam berishi munosabati bilan sinf e‘tiborini har bir javobga qaratilishiga erishish kerak. Sinf e‘tiborini faollashtirish uchun savolni butun sinfga berish, keyin tayinli o‘quvchini javobga chiqarish lozim. Bu barcha o‘quvchilar diqqatlarini 888 000 to‘plashga va materialni xotirada tiklashga majbur qiladi.
Bundan tashqari javob beruvchi o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xato va noaniqlikni tuzatish, uning javobini to‘ldirish va qo‘shimcha savollar berish uchun butun sinfga javobni kuzatib borishni taklif qilish kerak. O‘qituvchi javob berayotgan o‘quvchiga e‘tibor berish bilan birga butun sinfni o‘z nazorati ostida ushlab turmog‘i lozim. O‘quvchilar e‘tiborini bo‘shashganligini o‘z vaqtida payqash va uni tiklash usullarini topish, chekinish harakatlarini o‘z vaqtida payqash va bartaraf qilish g‘oyat muhimdir. Bilimlarni yozma tekshirish. Tekshirishning bu turi savollarga yozma javob berish yoki yozma topshiriq bajarish tarzida o‘tkaziladi.
Yozma ishlar uchun o‘rganilgan ob‘ektlarni sanab berish bilan bog‘liq bo‘lgan: tabiat hodisalari, landshaftlarning ayrim elementlari va odamlarning xo‘jalik faoliyatlari o‘rtasidagi aloqa yoki o‘zaro bog‘liqlikni ochib beruvchi; bolalarning tabiatunoslik tushunchalarini bilib olganliklarini aniqlovchi; tabiatdagi kuzatish va natijalarni ta‘riflashni mo‘ljallagan, tabiiy ob‘ekt yoki jarayonlarni rasmlar chizish yordamida tasvirlash; tabiat ob‘ektlarini tanib olish bilan bog‘liq bo‘lgan savollar taklif qilinadi. Misol tariqasida «Dala o‘simliklari» mavzusi (3-sinf) bo‘yicha tekshirish ishi uchun savollar keltiramiz:
1. Paxta mevasi nima deb ataladi?
2. G‘allaning poyasi nima deb ataladi?
3. Poliz o‘simliklarining qaysilarini bilasiz?
4. Uzum qanday ko‘paytiriladi?
5. Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi?
Yozma ish uchun tezis tipidagi dasturlashtirilgan topshiriqlar, raqamli diktantlar, dasturlashtirilgan kartochkalardan foydalanilishi mumkin. Bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni baholash. O‘quvchilarning og‘zaki javoblari ularning bilimlarini aks ettiradi va o‘qituvchi tomonidan har bir o‘quvchining qanday o‘zlashtirayotganligini, u o‘quv materialini qanchalik egallaganligini ko‘rsatuvchi baholar bilan qadrlanadi. Shuning bilan birga ular ma‘lum darajada o‘qitishning sifatini ham aniqlaydi, chunki o‘quvchilar bilimi uning asosiy o‘lchovidir. Bilimlarni baholash intensivligini oshirish uchun bir necha o‘quvchilardan bir vaqtda so‘rash uslubini qo‘llash mumkin. Masalan, bir o‘quvchi sinf oldida o‘qituvchiga javob beradi, 2—3 o‘quvchi doskada rasmlar chizadi, bir necha o‘quvchi didaktik dasturlashtirilgan kartochkalar bilan ishlaydi. O‘quvchilar bilimini baholashda materialni ular qanchalik aniq va ravon tushunganliklari, javobning aniqligi va to‘liqligi, shuningdek uning shakli, ya‘ni bilimni bayon qilishning izchilligi va to‘g‘riligi hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |