FERMENTLAR. Ular hujayraning barcha organoidlarida bo‘lib, oqsil asosga ega bo‘lgan organik katalizatorlardir. Hujayrada kechadigan modda almashinuvining hamma tomonlarida ishtirok etadi. Fermeitlar bir komponentli va ikki komponentlilarga bo‘linadi. Birinchisi, oddiy oqsillardan, ya’ni faqat aminokislotalardan tashkil topgan. Ikkinchisi, murakkab oqsillardan tashkil topgan, ya’ni ular tarkibida aminokislotalardan tashqari boshqa birikmalar ham bo‘ladi. Bularning oqsil qismi apoferment, oqsil bo‘lmagan qismi koferment deyiladi. Koferment turli moddalardan iborat (metall ionlari, nukleotidlar, gemin guruhlar va boshqalar). O‘simliklar hujayrasida bir necha yuz mingdan to milliongacha fermentlar bo‘lishi mumkin. Har bir ferment o‘z nomiga ega bo‘lib, bu nom substratning nomi hamda reaksiyaning turini aniqlaydi va “aza” qo‘shimchasiga ega bo‘ladi. Umuman, hamma fermentlar 6 ta asosiy sinfga bo‘linadi (oksidoreduktazalar, transferazalar, gidrolazalar, lipazalar, izomerazalar va lipazalar). har bir sinf o‘z navbatida kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu fermentlarning deyarli barchasi hujayraning ichida bo‘lib, asosiy reaksiyalarni amalga oshiradi.
VITAMINLAR. Tabiatdagi tirik organizmlarning hayoti uchun zarur bo‘lgan va o‘simliklar hujayrasida hosil bo‘ladigan organik birikmalarning bir guruhiga vitaminlar deyiladi. Ular oziq-ovqat maxsulotlarining tarkibiga kirad va juda kam miqdorda bo‘ladi. Agar oziq moddalar tarkibida vitaminlar bo‘lmasa, u holda organizmda modda almashinuv jarayoni buziladi, bu esa organizmni og‘ir kasalliklarga duchor etadi. Vitaminlar fermentlar tarkibiga kirib, ularning faol qismini tashkil etadi. Ular o‘simliklar tanasida hosil bo‘ladi va o‘sish, rivojlanishida faol ishtirok etadi. Hozirgacha 30 dan ortiq vitamin aniqlangan. Ular suvda eriydigan va yog‘da eriydigan vitamiilarga bo‘linadi. Yog‘da eriydigan vitaminlarga — A, D. E, K, F va boshqalar, suvda eriydigan vitamiilarga — C, P, B1, B2, B3, rutin, lipoat kislotasi, B, PP, B6, N va boshqalar kiradi. Shunday qilib, o‘simlik hujayralarida xar xil vitaminlar biosintezi jarayoni kechadi.