Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


FIZIOLOGIK FAOL SUN’IY MODDALAR



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə101/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

FIZIOLOGIK FAOL SUN’IY MODDALAR. Qishloq ho‘jaligida fiziologik faol moddalarning sun’iy shakllaridan foydalanish yildan-yilga oshmoqda. Ular asosan bir necha yo‘nalishda: O‘sish va rivojlanishni tezlashtirish; o‘sishni to‘xtatish va pishishni tezlatish; begona o‘tlarga qarshi kurashishda ishlatiladi. O‘sish va rivojlanishni tezlashtirish jarayonida qo‘llaniladigan moddalardan biri geteroauksindir (С10Н9О2N). U qalamchalarning ildiz chiqarish qobiliyatini kuchaytiradi. Mevali daraxtlar ko‘chatlarini geteroauksinning past konsentratsiyali eritmasida bir necha soat davomida ivitish ularniig hayotchanligini oshiradi. Bunday ko‘chatlar tez ildiz chiqarib, faol o‘sa boshlaydi. Buning uchun qalamchalar yoki ekiladigan meva daraxtlari ko‘chatlarining morfologik pastki qismi 12-24 soat davomida geteroauksinning 0,005-0,02 foiz eritmasiga botirilib qo‘yiladi. Gibberellinlar qishloq xo‘jaligida asosan 0,0001-0,1 foiz eritma holida ishlatiladi. Ular suvda yomon eriganligi uchun avval etil spirtida eritilib, keyin suv bilan aralashtiriladi. So‘ngra o‘simliklarga purkaladi. Asrimizning 70-yillarida sobiq SSSR FA Sibir bo‘limidagi sitologiya va genetika institutida gibberellinlarning yangi birikmasi ishlab chiqildi va unga “Gibbersib” deb nom berildi. Bu birikmanin tarkibi ancha murakkab bo‘lib, unga barcha tabiiy gibberellinlar kiradi. Gibberellin kislotasidan (A3) ancha faol va olinishi arzon hisoblanadi. O‘simliklarning o‘sish va rivojlanishini tezlashtiradi. Samaradorligi gibberellin kislotasidan yuqori turadi. Masalan, pomidorlarga gullash fazasining boshlanishida gibberellinning 0,005-0,007 eritmasi purkalganda hosildorlik 15-20 s/ga oshgan. Gibberellinlarning samaradorligi, ayniqsa, urug‘siz mevalarda, uzumchilikda, kanop, tamaki, pomidor va boshqalarda ancha yuqori bo‘ladi. Gibberellin kislotasi ta’sir ettirilgan uzumning kichik shingillari juda yiriklashib ketadi. Bu asosan mayda mevalarning o‘sishi faollashishi natijasida sodir bo‘ladi. Endi yig‘ishtirib olib olingan kartoshka tuganaklariga gibberelli kislotasining past konsentratsiyali eritmasi (1-2 mg/l) ta’sir ettirilganda ularning o‘sishi tezlashadi. Bu usuldan kartoshka ikkinchi marta ekiladigan janubiy xududlarda foydalanish katta ahamiyatga ega. Fiziologik faol sun’iy moddalar sabzavotchilikda va mevachilikda yosh meva tugunlarining va xom mevalarning to‘kilib ketishi qarshi ham ishlatiladi. O‘sishni to‘xtatish va xom mevalarning pishishini tezlatish maqsadida etilndan foydalanish mumkin. O‘simliklarning haddan tashqari o‘sib ketishiga (natijada yotib qolishi) qarshi retardantlardan (xlorxolinxlorid, tur, alar va boshqalar) foydalaniladi. Bularning asosiy ta’sir etnsh mexanizmi o‘stirishni tezlatuvchi moddalarning faolligini pasaytirishdan iborat. Retardantlar g‘allalarning yotib qolishiga, sabzavotlarning o‘sib ketishiga qarshi ko‘proq ishlatiladi.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin