PLASTIDALAR. O‘simlik hujayralari plastidalarning bo‘lishi bilan xayvon hujayralaridan farq qiladi. Plastida—yunoncha “plastikos” so‘zidan olingan bo‘lib, shakllangan degan ma’noni anglatadi.
Sitoplazmada plastidalar o‘zlarining qo‘sh qavat membranalari bilan ajralib turadilar. Ular dumaloq yoki oval shaklda. YUksak o‘simliklarniig barg hujayralarida 20-50 donagacha uchraydi. Plastidalar rangsiz (protoplastlar, leykoplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar) bo‘ladi.O‘simlik hujayrasida uch xil plastidalar mavjud: xloroplastlar, xromoplastlar va leykoplastlar.
XLOROPLASTLAR— asosan yashil rangda (yunoncha — yashil so‘zidan olingan). Tarkibida xlorofill va karotinoidlardan iborat pigmentlar bor. Mazkur organoidning asosiy vazifasi shundan iboratki, unda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. SHu sababli u fotosintetik organ ham deyiladi.
XROMOPLASTLAR— (yunoncha — rang so‘zidan olingan) sariq, qizil va qo‘ng‘ir ranglarda bo‘lishi mumkin. Ular o‘simliklarning yer usti va yer osti organlarida, o‘simlik gullari va meva hujayralarining
protoplazmasida uchraydi. Xromoplastlarda karotinoidlar jumlasiga kiruvchi pigmentlar bo‘ladi. Ular gultoj barglarida, ayrim mevalarda (apelsin po‘stlog‘ida, na’matak, tarvuz, pomidor, sabzi va boshqalarda) uchraydi. Gullarning xromoplastlar tufayli turli rangga kirishi va hasharotlarni jalb kilishi biologik ahamiyatga ega. CHunki xasharotlar (ularni) chetdan changlatishni ta’minlaydi. Leykoplastlarni 1854 yilda Kryuger topgan.
MITOXONDRIYALAR. Mitoxondriyalar hujayraprotoplazmasidagi asosiy organoidlardan biri bO‘lib, ular asosan energiya manbai hisoblanadi. O‘simlik hujayrasida ular dumaloq, gantelsimon shaklda mavjud, diametri 0,4-O, 5 mkm va uzunligi 1-5 mkm.ga teng. Xar bir hujayrada bir necha o‘ntadan to ikki mingtagacha uchraydi. Modda almashinuv jarayonida roli juda katta. Ular nafas olish markazi, ATFlarni hosil qiluvchi organoid bo‘lganligi uchun energiya manbai hisoblanadi. Energiyaning hosil bo‘lishida va ko‘chirilishida tarkibidagi fermentlar (suksin -oksidaza, sitoxromoksidaza) asosiy rol o‘ynaydi.
LIZOSOMALAR.Lizosomalar hajmi jixatidan mitoxondriyalarga teng, lekin solishtirma og‘irligi ulardan kam bo‘lgan organoidlardir. Ular asosan nordon fermentlar manbai bo‘lib xisoblanadi. Bu fermentlar qatoriga nordon ribonukleaza, nordon dezoksiribonukleaza va katepsinlar kiradi. Ayniqsa, oqsillarni, nuklein kislotalarini, glyukozidlarni gidroliz qilishda ishtirok etuvchi fermentlar to‘plangan. Bu fermentlar hujayradagi turli moddalarni suv yordamida parchalay olishi sababli ularga lizosomalar deb nom berilgan.