Suvning o'tkazuvchi tomirlardagi harakati. O'simlik tanasi buylab ko'tariluvchi suv asosan ksilema to'qimalari bo'ylab harakat qiladi. Ksilema elementlari esa ildiz va poyadagi kambiyga xos hujayralardan hosil bo'ladi. Yetuk utkazuvchi tomirlar va traxeidlardagi hujayra devorlari yog'ochlangan bo'lib asosan suv utkazish vazifasini bajaradi. Lekin yuqoriga ko'tariluvchi suvning 1-10% tirik hujayra devorlari bo'ylab ham ko'tariladi.
Yuqoriga ko'tariluvchi suv oqimining ahamiyati. O'simlik tanasi bo'ylab ko'tariluvchi suv asosan uchta vazifani bajaradi. Birinchidan suv ildiz orqali o'simlikga kirgan moddalar va kimyoviy birikmalarni yuqoriga ko'tarilishiga va ularning er ustki qismlarida to'planishiga olib keladi.
Ikkinchidan yuqoriga ko'tariluvchi suv barcha hujayralarni suv bilan ta'minlaydi va ularning turgor holatini saqlaydi. Suv etishmaganda o'simlik hujayralarida bo'linish jarayonlari tuxtaydi. Shuningdek sintezlovchi fermentlarning faolligi pasayib, gidrolitik(parchalovchi) fermentlarning faolligi ortadi. Bu esa o'z navbatida hujayrada kichik molekulali qandlar va oqsillarningg miqdorining ko'payishiga va ularga ma'lum miqdorda suv bog'lanishiga olib keladi. Ushbu suv avval aytib o'tganimizdek hujayralarning o'zlarining avvalgi holatlarini tiklashi va fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning muqobil borishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, yuqoriga ko'tariluvchi suv oqimi natijasida ro'y beradigan transpiratsiya o'simlikni isib ketishdan saqlaydi. Ammo bu holat hozircha to'la aniqlanmagan. Chunki, issiqxonalarda havo namligi juda yuqori bo'lganligi tufayli transpiratsiya jadalligi unchalik kuchli emas, shunga qaramasdan o'simliklar isib ketmaydi.
Dostları ilə paylaş: |