V.I.PALLADINNING VODORODNI FAOLLASHTIRISH NAZARIYASI. Biologik oksidlanish jarayonining mexanizmini o‘rganishda V.I.Palladinning (1912) ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning nazariyasiga ko‘ra, o‘simlik xromogenlar substratdagi vodorodni o‘ziga biriktirib oladi va keyinchalik ularni kislorodga o‘tkazadi. Bu nazariya bo‘yicha nafas olish ikki bosqichdan iborat:1) anaerob; 2) aerob:
1 ) C6N12O6 + 6H2O + 12R 6CO2 + 12RH2.
2 ) 12RH12+ 6O2 12R + 12H2O.
Birinchi reaksiya nafas olish jarayonining anaerob, ikkinchi reaksiya aerob bosqichini ifodalaydi. R — rangli nafas pigmenti, RH2 rangsiz nafas olish xromogeni. Birinchi reaksiyada reduktaza fermenti yordamida substratdan vodorod atomlari qabul qilinib, nafas olish pigmentiga (R) o‘tkaziladi va nafas olish xromogeni (RH2) hosil bo‘ladi. Hamma CO2hamshu anaerob jarayonda ajralib chiqadi. Ikkinchi reaksiyada molekulyar kislorod ishtirok etib, xromogenlarni (RH2) nafas olish pigmentlarigacha oksidlaydi va ular yana vodorodning akseptori vazifasini bajaradi. Bu reaksiyalarda kislorod RH2 dan elektronlar va protonlarni tortib oladi va natijada suv hosil bo‘ladi. Keyingi izlanishlarda V.I.Palladin nazariyasi, ya’ni nafas olishda anaerob va aerob bosqichlarning mavjudligi hamda bunda suv ishtirok etishi to‘la tasdiqlandi. 1912 yilda nemis biokimyogari G.Viland ham biologik oksidlanish vodorodning ajratib olinishi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan edi. Nafas olishda suvning ishtirok etishi va kislorod vodorodning oxirgi akseptori ekanligini 1955 yilda B.B.Vartapetyan va L.A.Kursanov tajriba asosida isbotladilar. Buning uchun ular izotoplar (O18) usulidan foydalandilar.