Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Suvning molekulyar tuzilishi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə34/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   203
majmua

Suvning molekulyar tuzilishi. Suv molekulasidagi ikki juft elektron vodorod va kislorod yadrolari uchun umumiy hisoblanadi. Ushbu suv molekulalaridagi H va O atomlari o'zaro elektrostatik ta'sir qilib to'rtta suv molekulasini bog'lab turadi.

Kislorod va vodorod atomlarining o'zaro elektrostatik ta'siri natijasida yuzaga kelgan va kovalent bog'larning juda kam kuchiga ega bo'lgan bog'lar vodorod bog'lari deyiladi. Vodorod bog'lar juda kuchsiz bo'lib suyuq suvda ularni uzish uchun bor yo'g'i 18,84 kJ/mol energiya zarurdir xolos. Bu yerda shuni eslash zarurki kovalent bog'larni uzilishi energiyasi 460,4 kJ/mol ga teng. Demak suyuq suvning vodorod bog'lari kovalent bog'larga nisbatan deyarli 25 baravar kuchsizroq ekan. Shuning uchun ham, vodorod bog'lari doimiy ravishda sintezlanib va uzilib to'radi. Ularning yarim emirilish davri 1·10-9 soniya atrofida.



Ionlanish. Suv molekulasidagi elektronlarning vodorodga nisbatan kislorodga kuchliroq bog'langanligi tufayli, doimiy ravishda protonlarning uzilishi ro'y berib to'radi. Buning natijasida suv molekulalari dissotsiyalanadi.

H2O --- H+ + OH-

Ammo hosil bo'lgan vodorod ionlari erkin holda tura olmaydi va boshqa bir suv molekulasiga birikadi.

H2O +H+ --- H3O+

Bu ikkala jarayonni birlashtirib quyidagi holatda yozish mumkin.

H2O + H2O --- OH- + H3O+

Ayrim hollarda gidroksoniy ioni (H3O) sodda H+ ko'pinishida yozilishi mumkin.

Kimyoviy sof suvning harorati 25oC bo'lganda vodorod va gidroksil ionlarining miqdori o'zaro teng, ya'ni ularning har birining miqdori 1.10-7 mol/l ga teng bo'ladi. Ushbu ko'rsatkich pH= 7 deb qabul qilingan.




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin