Transpirasiya jadalligi. Bu 1 m2 barg sathidan 1 soat davomida bug'latilgan suv grammlar hisobidagi miqdoridir. Transpirasiya jadalligiga yorug'likning ta'siri anchagina kattadir. Masalan, ko'pchilik hollarda yorug'likda, ya'ni kunduzi bu kursatgich 15-250 g/m2 bo'lsa, kechasi 1-20 g/m2 ga tengdir. G`o'zada jazirama issiq kunlari transpirasiya jadalligi 45-120 g/m2 soatni tashkil qiladi. Shuningdek barglardagi tranpirasiya jarayonining jadalligiga shamolning ta'siri ham katta. Masalan, shamolning tezligi 6-8 mG’soniya darajasigacha transpirasiya jadalligi ortib boradi, lekin shamol tezligining bundan ortishi uning borishiga ta'sir qilmaydi.
Transpirasiya jadalligiga tuproq qurg'oqchiligi ayniqsa katta ta'sir qiladi.
Masalan tuproq namligi 79,1% bo'lganda g'o'za barglarning suvlilik darajasi 74,9%, so'rish kuchi S=0,96 MPa bo'lganda transpirasiya jadalligi 113,4 gG’m2 soat bo'lsa, tuproq namligi 49,7% bo'lgan tuproqlarda o'sgan g'o'za barglarida ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 70,5;%, S=2,36 MPa, va 53,9 gG’m2.
Dostları ilə paylaş: |