Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə71/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   203
majmua

FOTOSINTEZ REAKSIYALARI. YAshil o‘simliklarda yorug‘lik energiyasi ishtirokida organik moddalar hosil bo‘lishi va molekulyar kislorod ajralib chiqishini ifodalovchi sxematik tenglama oddiy kimyoviy reaksiya tenglamasi bo‘lmay, balki minglab reaksiyalar yig‘indisini ifodalovchi xarakterga ega. Barcha reaksiyalar yig‘indisi asosan ikkita bosqichni o‘z ichiga oladi: 1) yorug‘likda boradigan reaksiyalar; 2) yorug‘lik shart bo‘lmagan, ya’ni qorong‘ilikda boradigan reaksiyalar.

Yorug‘likda boradigan reaksiyalar: Fotosintezniig birinchi bosqichidagi reaksiyalar faqat yorug‘lik ishtirokida boradi. Bu jarayon xlorofill “a”ning boshqa yordamchi pigmentlar ishtirokida (xlorofill “b”, karotinoidlar, fikobilinlar) yorug‘lik yutishi va o‘zlashtirishidan boshlanadi. Natijada suv yorug‘lik energiyasi ta’sirida parchalanib, molekulyar kislorod ajralib chiqadi, NADF.N2 (digidronikotinamid — adenin — dinukleotid fosfat) va ATF (adenozintrifosfat) hosil bo‘ladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin