Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə78/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   203
majmua

YORUG‘LIK. YOrug‘lik fotosintezning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, uniig jadalligi va spektral tarkibi katta ahamiyatga ega. YOrug‘lik spektridagi faol (400-700 nm) nurlarning 80-85 foizini barglar yutadi. Lekin shundan faqat 1,5-2 foizi fotosintez uchun sarflanadi, ya’ni kimyoviy energiyaga aylanib, organik moddalar tarkibida (makroergik bog‘larda) to‘planadi. Qolgan energiyaning 45 foizi transpiratsiya uchun va 35 foizi issiqlik energiyasiga aylanib sarflanadi.A.S.Faminsinning ko‘rsatishicha (1880), fotosintez eng past yorug‘likda, xatto kerosin lampasining yorug‘ligida ham bo‘lishi mumkin. Ayrim olimlarning ko‘rsatishicha, fotosintez kechki nomozshom va ba’zi mintaqalardagi yorug‘ kechalarda (oq tun) kuchsiz bo‘lsa ham davom etadi. Eng yuqori yorug‘likda fotosintez jadalligi o‘simliklarning nafas olish tezligidan sezilarli darajada baland bo‘ladi, ya’ni fotosintez uchun yutilgan CO2 ning miqdori nafas olish jarayonida ajralib chiqqan CO2 ning miqdoridan ko‘p bo‘ladi. YOrug‘likning pasayib borishi natijasida esa CO2 lar o‘rtasidagi farq ham kamayib boradi. Fotosintez jarayonida yutilgan CO2 ning miqdori bilan nafas olishdan ajralib chiqqan CO2 ning miqdori bir-biriga teng bo‘lgan yorug‘lik darajasi - yorug‘likni eng kompensatsiya nuqtasi deyiladi. YOrug‘likning kompensatsiya nuqtasi soyaga chidamli o‘simliklarda quyosh yorug‘ligining 1 foizda, yorug‘liksevar o‘simliklarda 3-5 foizida sodir bo‘ladi. Fotosintezda yorug‘lik nurlarining spektral tarkibi ham muhim rol o‘ynaydi. Spektrning qizil nurlari ta’sirida fotosintez jadalligi eng yuqori darajada kechadi. CHunki bu nurlar bir kvantiniig energiyasi 42 kkal/molga teng bo‘lib, xlorofill modekulasini qo‘zg‘algan holatga o‘tkazadi va energiyasi fotokimyoviy reaksiyalar uchun to‘la foydalaniladi. Spektrning ko‘k qismidagi nurlarning bir kvantida 70 kkal/mol energiya bo‘lib, uni qabul qilgan xlorofill molekulasi qo‘zg‘algan holatning yuqori darajasiga o‘tkazadi va to fotokimyoviy reaksiyalarda foydalanguncha bir qismi issiqlik energiyasiga aylanib atrofga taraladi. SHuning uchun ham bu nurlarni unumliligi kamroq bo‘ladi. Lekin fotosintez uchun eng qulay bo‘lgan qizil nurlarga to‘yingan qizil nurlar hisobida 20 foiz ko‘k nurlar qo‘shilsa, fotosintezning tezligi oshadi.

KARBONAT ANGIDRIDNING KONSENTRATSIYASI. Fotosintez uchun eng zarur bo‘lgan birikmalardan biri CO2 hisoblanadi. Uning miqdori havo tarkibida 0,03 foizni tashkil etadi. Bir gektar yer ustidagi 100 m havo qatlamida 550 kg CO2 bo‘ladi. Shundan bir kecha-kunduz mobaynida o‘simliklar 120 kg CO2 ni yutadi. Lekin atmosferadagi CO2 ning miqdori tabiatda mavjud bo‘lgan karbonat angidridning doimiy miqdorini saqlab qoladi. Xatto atmosfera tarkibida CO2 ning asta sekin ko‘payish jarayonlari sezilmoqda. Havo tarkibidagi CO2 ning miqdorini 0,03 foizdan to 0,3 foizgacha ko‘paytirish fotosintez jadalligini ham oshiradi. O‘simliklarni qo‘shimcha CO2 bilan oziqlantirish, ayniqsa, issiqxonalarda o‘stiriladigan qishloq xo‘jalik ekiilari uchun foydalidir. Bu usul bilan ularning hosildorligini oshirish mumkin. Ammo ko‘shimcha CO2 bilan oziqlantirish faqat C3 o‘simliklarning hosildorligini oshirishga kuchli ta’sir etadi, C4 o‘simliklariga esa ta’sir etmaydi. CHunki C4 o‘simliklari o‘z tanasida CO2 to‘plash va undan foydalanish xususiyatiga ega.


Issiqxonalarda havo tarkibidagi CO2 ning miqdorini 0,2-0,3 foizga etkazish, ayniqsa, sabzavot o‘simliklariga yaxshi ta’sir etib, ularniig hosildorligi 20-50 foiz va hatto 100 foizgacha ko‘payishi mumkinligi aniqlangan.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin