o\'zbekistonda suv resurslarini ifloshlanish manbalari
2.4 O’ZBEKISTONDA SUV MUAMMOLARI Asrning ikkinchi yarmidanoq tabiatni muxofaza etish dolzarb muammoga aylandi. Insoniyat madaniyati va tsivilizasiya taqdiri xuddi ana shu muammoni hal etishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Insonning turmush tarzi, yashashi tabiat, atrof – muhit bilan chambarchas bog'liq. Hozirgi kunda jahonning deyarli barcha mamlakatlarida aholi soni o'sib bormoqda. Aholi sonining o'sishi bilan ularning atrof-muxitga salbiy ta'siri ham ortib bormoqda. Suvga bo'lgan talab ayniqsa, sanoat va qishloq xo'jaligining suvga bo'lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Suv hozirgi davrdayoq jahon muammosiga aylandi. Agar kelajakda oziq-ovqat maxsulotlari, ayrim tugaydigan tabiiy resurslar va boshqa narsalar etishmasa, ular o'rnini boshqa usullar bilan yaratilgan maxsulotlar bosishi mumkin. Lekin suvning o'rnini boshqa biror bir narsa bosa olmaydi. Shu bois suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish juda muhim masaladir. Bu esa dunyo olimlarini bu muammoni echish yo'llarini izlashga majbur qilmoqda. Ichimlik suvini muhofaza qilishning eng asosiy shartlaridan biri uni tejab-tergab sarflash, asrab-avaylashni va qadriga etishni yo'lga qo'yishdan iboratdir. Chunki suv bu hayot manbaidir.
Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va er osti suvlari har taraflama inson faoliyati ta'siriga uchramoqda. Mintakaning yana bir muommasi suvni muhofaza qilish va tejash tadbirlari majmuini amalga oshirish zaruriyati bilan bog'liqdir. Bu tadbirlar suvning isrof bo'lishini eng kam darajaga keltirish maqsadida sug'orish tarmog'ining rejim va o'lchamlarini sug'orish texnikasi bilan mustahkam bog'lashni o'z ichiga oladi.
Endilikda kollektor–zovur suvlarni tashlab yuborishni tartibga solish, oqava suvlarni Daryo va suv omborlariga oqizishni batomom to'xtatish zarur. Suv zahiralarining sifati eng muhim muommalardan biridir. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya–gigiena va sanitariya epidemologiya vaziyatlarini yomonlashtirmoqda. Shuningdek, Daryo suvlari tarkibida xar xil tuzlarning mavjudligi tuproqning sho'rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo'shimcha meliorasiya ishlarini amalga oshirishda, zovur tizimlarini barpo etish va tuproq sho'rini yuvishda yaqqol sezilmoqda. O'zbekiston sharoitida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Insoniyat suvdan foydalanish strategiyasini o'zgartirishga to'g'ri keladi: suvdan foydalanishning tabiiy tsiklidan antropogen tsiklini ajratish zarur. Bu amaliyotda suv bilan ta'minlashning yopiq, kam suv sarflanadigan va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etishga, suvni kamroq ishlatishga va oqova suvlarni tozalashga olib keladi.
Keyingi yillarda Respublikamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta e'tibor berib kelinmoqda. Bir qator qonun va qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Hozir Respublikamizda suv ob'ektlari holati muntazam kuzatilib, ular ustidan qattiq nazorat o'rnatilgan.
Hozirgi davrda chuchuk suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni tiklash, suv havzalari ifloslanishining oldini olish, yangi yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish kabi yo'nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda. Xo'jalik-maishiy va sanoat korxonalari oqova suvlarini tozalash muammosi respublikamiz uchun ahamiyatlidir. Ammo turli tabiiy-antropogen sharoitlar uchun har yoqlama (universal) echimlar yo'q, chunki o'ziga xos xo'jalik faoliyati va ob'ektlari bo'lgan hududlar ifloslanish xarakteri turlichaligi tufayli tozalashning o'ziga mos texnologiyalarini tanlashni talab qiladi.
Ma'lumki, oqova suvlarini tozalashda mexanik, fizik, kimyoviy va biologik metodlar qo'llaniladi. Hozirgi davrda oqova suvlarni tozalashning biologik metodi, ya'ni tozalash inshooti biosenozining organik va noorganik birikmalarni o'zlashtirish xususiyatidan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Bunda biologik hovuzlardan foydalaniladi. Ulardagi oqova suvlarning tarkibi va tabiati gidrobiontlarning turiga, o'sishi va rivojlanishiga, pirovardida oqova suvlarning tozalanish jadalligiga ta'sir qiladi. Oqova suvlarni tozalash usullari:
mexanik tozalash usulining mohiyati. Bu usulda oqova suvlar tarkibidagi erimagan, ko'pol, mayda dispersli muallaq suzib yuruvchi moddalarni suzish, tindirish va filtrlash yo'llari bilan ajratib olinadi, ya'ni mexanik yo'llar bilan suzib yuruvchi va muallaq moddalarni chiqarishdan iborat bo'ladi.
biologik tozalash usulining mohiyati. Biologik usul bilan oqova suvlarni tozalashda, oqova suvlar tarkibidagi mayda erimagan, erigan va kolloid ko'rinishidagi organik moddalar havo yordamida biokimyoviy jarayonda mineralizasiya holatiga o'tkaziladi. Suvlarni biologik usulda tozalash oqibitida oqova suvlar tiniq, chirimaydigan, nitratli va kislorodli bo'ladi.
__________________
Родионов А. И, Клушин В.Н., Систер В.Г Технологические процессы экологичиской безопасности. Основы энвайронменталистики − Калуга: Издательство Н. Бочкаревой, 2000.
Oqova suvlar fizik-kimyoviy usulda, kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida, erimagan aralashmalar, kolloid va erigan birikmalarning kontsentrasiyasini kamaytiradi; erigan birikmalarni erimagan yoki erigan ko'rinishiga o'tkazadi.
Kimyoviy tozalash usulida, oqova suvlarga shunday kimyoviy reagentivlar qo'shiladiki, natijada ular oqova suvlardagi iflosliklar bilan reaktsiyaga kirishib, qisman erigan, kolloid va erimagan moddalarni cho'kma bo'lib tushishiga yordam beradi, shuningdek bir xil zaharli erimagan moddalarni zararsiz erigan moddalarga o'tkazadi. Bugungi kunda biologik metod butun dunyoda oqova suvlarni organik va bakterial ifloslanishdan tozalashning asosiy metodi hisoblanadi. Biologik metod asosida yuzlab inshootlar va uskunalar yaratilib, ularda biologik metod ayrim holda yoki mexanik, fizik-kimyoviy metodlar bilan birgalikda qo'llaniladi.