Tabiiy fanlari fakulteti


II.3. Kimyo fanida komp’yuter dasturi



Yüklə 254,09 Kb.
səhifə8/13
tarix02.01.2022
ölçüsü254,09 Kb.
#38695
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ibroximova N

II.3. Kimyo fanida komp’yuter dasturi.
Kasb-hunar kollejlarida bo’lg’usi kichik mutaxassislar kasbiy tayyorgarligiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Kichik mutaxassislar ishlab chiqarish jarayoniga tezkor usulda ko’nikib ketishlari uchun kasbiy tayyorgarligining safarbarlik ko’rsatkichlari yuqori va tezkor xarakterda bo’lishiga erishmog’i lozim. Jumladan, kichik mutaxassislarni kimyo yo’nalishida tayyorgarlik sifatini oshirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zotan, kimyo kabinetlarining yetarli jihozlanmaganligi, kimyoviy reaktivlarning yetarli emasligi har doim ham, frontal o’qitish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham kimyo ta’limining interaktiv metodlaridan biri komp’yuter dasturlari asosida o’qitish hisoblanadi.

Bu yerda albatta o’rta umumiy ta’limda kimyo dasturini nechog’lik o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganligi kasb-hunar ta’limidagi kimyo o’qitishni yangi sifat darajasiga ko’tarish imkonini beradi.

Kasb-hunar kollejlarida kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganish mantiqiy – strukturasini tuzishdan boshlanadi. Mantiqiy, strukturani tuzish uchun kasb-hunar kollejlarida o’rganilayotgan kimyo kursi mazmuni ayrim bloklarga yoki modullarga bo’linadi. Har bir modulning nomi va nomeri bo’ladi. Shuning bilan birga har qaysi modul qaysi chorakda necha soat davomida o’rganilishi ko’zda tutiladi.

Kimyo fanining laboratoriya mashg’ulotlarini o’tishda komp’yuterli dasturlarning o’rni beqiyosdir. Bu yerda o’quvchi komp’yuterdan laboratoriya mashg’ulotining yozma tavsiloti bilan tanishadi, xavfsizlik texnikasi qoidalarini o’rganadi. Keyingi bosqichda laboratoriya mashg’uloti uchun kerakli jihozlarni tanlaydi. Ularning ishga yaroqliligini komp’yuterlardan tekshirib oladi.

Galdagi vazifa komp’yuterda laboratoriya jixozlarini yig’ish va ish holatiga keltirish. Laboratoriya jihozlari yig’ilib, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinganidan keyin bevosita laboratoriya ishini komp’yuterlarda bajarishni boshlash mumkin. Buning uchun kerakli moddalar kerakli miqdorda kimyoviy reaksiyaga kiritiladi va kutilgan sifat va miqdordagi kutilgan rangdagi yangi xossalarga ega bo’lgan yangi kimyoviy modda olinadi. Olingan yangi moddaning sifatlari kimyoviy ko’rsatkichlari, laboratoriya mashg’uloti tafsilotida keltirilgan manbalarga solishtiriladi. Agarda, laboratoriya mashg’uloti uchun tayyorlangan yuriqnomadagi ma’lumotlar yetarli bo’lmasa, o’quvchi darsliklarga, elektron darsliklarga murojaat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganish quyidagi afzalliklarga ega ekanligi bizning tajribalarimizda o’z tasdig’ini topdi.

Birinchidan: O’quvchilar kimyodan laboratoriya mashg’ulotini mustaqil bajarishadi. Natijada o’quvchilarda o’z-o’ziga ishonchi, mustaqil fikrlash darajasi ortadi.

Ikkinchidan: Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari aniq bajariladi, aks holda komp’yuter o’quv faoliyatini to’xtatishgacha olib boradi.

Uchinchidan: Kollej o’quvchilarini kimyo dasturlarini komp’yuter dasturlari asosida o’rganishi jarayonida qimmatli kimyoviy modda va reaktivlar iqtisod qilinadi.

To’rtinchidan: O'quvchilarning komp’yuterda mustaqil ishlash bilim va ko’nikmalari aniq misollarda mustahkamlanadi.



Yüklə 254,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin