№1 2022
126
TABIIY GAZLAR TARKIBIDAGI NOUGLEVODOROD QO’SHIMCHALAR
VA ULARNI GAZNING EKSPLUATATSION XOSSALARIGA TA’SIRI
Sharipov Baxtiyor Zaripovich
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
G’aybullayev Saidjon Abdusalimovich
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7217623
Annotatsiya:
Maqolada tabiiy gaz tarkibidagi nouglevodorod qo’shimchalar va
ularni gazning ekspluatatsion xossalariga ta’siri hamda gazlarni keraksiz
qo’shimchalardan tozalash usullari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
tabiiy gaz, nordon komponentlar, namlik, mexanik qo’shimchalar,
gazlarni tozalash, chang cho’ktirish kameralari.
NON-HYDROCARBON IMPURITIES OF NATURAL GASES AND THEIR
INFLUENCE ON THE PERFORMANCE PROPERTIES OF GAS
ABSTRACT
Anotation:
The article deals with non-hydrocarbon impurities of natural gases
and their influence on the operational properties of gas, as well as methods for
cleaning gases from unwanted impurities.
Key words:
natural gas, acidic components, moisture, mechanical impurities,
gas cleaning, dust settling chambers.
Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy sohada tub islohotlar va o’zgarishlar
amalga oshirilib, ular xalqimizning xoxish irodasi bilan, qat’iy tanlab olingan milliy
taraqqiyot yo’li asosida keng ko’lamda, izchil davom ettirilmoqda. Jahon moliyaviy –
iqtisodiy inqiroziga qaramay, iqtisodiyotimizda o’sish sur’ati ta’minlanmoqda.
Aholining tobora o’sayotgan hayot va farovonlik darajasi barqaror saqlanib
kelinmoqda. Mamlakatimizda qabul qilingan muhim davlat dasturlari o’z samarasini
bermoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va
daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat,
qishloq xo`jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali
foydalanishni ta`minlash kabi masalalar energetik xomashyolardan oqilona
foydalanshni taqazo etish bilan birga atrof-muhitga zarar keltirmaydigan muqobil
energiya manbalario topish va joriy qilish yo’nalishidagi amalga oshiriladigan asosiy
Dostları ilə paylaş: |