Zararli odatlar va ularni oldini olish Passiv chekish xakida eshitganmisiz? Passiv chekuvchi - bu o'zi chekmaydi, balki chekuvchining tutuni bilan nafas oladi. Routersning xabar berishiga ko'ra bir tekshiruv natijasi shuni ko'rsatdiki oilasida chekuvchi borlarda uyida sigaret chekuvchi yo'qlarga nisbatan insult uchrashi 50% ga ko'p aniqlandi. Atrofingizda sigaret chekuvchilar bo'lsa, U SIZning INSULT bo'lish xavfingizni oshirmoqda.
Bundan tashqari insult bilan og’rigan bemor passiv chekish bilan yashasa, boshqa sabablarga nisbatan o'lim 2 barobar ko'proq uchrashi aniqlandi. Jami 28000 chekmaydigan insonlarda tekshiruv o'tkazilgan. Ularning oilasida chekuvchi borlari xaqida ma'lumot olingan va shu insonlarga sigaret tutunining ta'sirini ularning qonidagi kotinin(nikotinni parchalangan maxsuloti) miqdoriga qarab xulosa chiqarildi.
Agar tutun ta'sir vaqti uzoqroq bo'lsa insult bo'lish extimoli 46 % ga ko'proq bo'lishi aniqlandi. Janubiy Karolina universiteti tibbiy eksperti Anjela Malek shuni ta'kidlaydiki: xar qanday darajadagi sigaret tutunining ta'siri inson organizmi uchun juda xam xavfli.
Sigaret tutuni faqatgina insult xavfini oshirmaydi balki yurak kasalliklari, o'pka raki, prostata va qovuq raki bilan og’rish xavfini oshirishi va bepushtlikka sabab bo'lishi aniqlangan. Bolalarda nafas yo'li maxalliy immunitetini pasaytirib, infektsion kasalliklar va astma rivojlanishiga olib keladi
Nos
Qirg’iziston milliy ilm-fan akademiyasining bir guruh olimlari nosning erkaklar jinsiy salomatligiga ta'sirini o'rganib chiqishdi. Nazariy tomondan nosning inson organizmiga ziyonini barcha shifokorlar biladi, lekin aniq tekshiruvlar natijasidagi xulosa enda nashr qilindi.
Ular O'sh va Qorasuv tumanlarida yashovchi, bepushtlik bilan murojaat qilgan erkakni tekshiruvdan o'tkazishgan. Xulosa qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
nos erkaklar farzand ko'rishiga xar qanday pestitsiddan xam zararliroq ta'sir qilar ekan
uning zarari nosning qancha vaqt davomida chekkanligiga bog’liq emas, ya'ni qisqa vaqtda xam bepushtlik kelib chiqishi mumkin ekan
nos xisobiga kelib chiqqan bepushtlikni tiklashni umuman iloji yuq ekan.