Tadbir o'tkaziladigan joy tadbirga mos meva sabzabot rasmlari bilan bezaladi



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə1/4
tarix04.03.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#86544
  1   2   3   4
MEHRJON


MEHRJON
(tadbir ssenariysi)
1-sinf
Muallif:
Tadbir o'tkaziladigan joy tadbirga mos meva sabzabot rasmlari bilan bezaladi
O'qituvchi:
Salom inson bolasi,
Salom gullar nolasi.
Salom bilan boshlanar,
Bog'da bulbul nolasi.
O'qituvchi: Assalomu alaykum tadbirimizning jajji qatnashchilari ota - onalar, aziz ustozlar . Mana o'lkamizda hozir oltin kuz fasli. Bu faslda albatta hosil bayrami MEHRJON nishonlanadi. Bu bayram nafaqat bizning yurtimizda balki, dunyoning ko'p mamlakatlarida nishonlanadi. Yil bo'yi yetishtirilgan meva, sabzavotlarning yig'im - terimidan keyin dehqonbobolarimiz, bog'bonlarimiz, fermerlarimiz ishtirokida turli tadbirlar o'tkaziladi. Bu MEHRJON-HOSIL BAYRAMI deyiladi. Qanday bayram deydilar ekan o'quvchilarim?
O'quvchilar: MEHRJON - HOSIL BAYRAMI
O'qituvchi :Barakalla! Bugun men sizlarga o'z bog'imdan mevalar, sabzavotlar olib keldim. Ha o'quvchilarim ha. mening meva sabzavotlarim oddiy emas ular sehrli ular o'zlari haqida sizlarga so'zlab berishadi marhamat tinglang:

Tarvuz: (Otabek)


Tarvuzdek shirin ne'mat
Topilmaydi dunyoda
Dum - dumaloq shaklim bor
Juda silliq ozoda

Qovun: (Rayhona)


Tanaga quvvat berar
Tilimim tilni yorar
Ya'ni qovunni albat
"Qand" bo'lsa yegin faqat.
Bemaza yesang andak
So'ng "voy-voy" deysan tentak

Sholg‘om: (Farzod)


Men haqida ertaklar
Yaxshilikka yetaklar
Sholg‘om bobo deb meni
Tabobatda siylashar
Pomidor: (Shaxina)
Men bilan taomlar
Chiroyli rangga kirar
Palov to‘ra yonidan
Menga albat joy yetar

Baqlajon: (Murodjon)


Kaminani nomlari
Mulla baqla, baqlajon
Oshpazlar salat qilsa
Yeb to‘ymaysiz hech qachon

Qovoq: (Farzona)


Meni deydilar kadi,
Lekin asli qovoqman.
Somsa, mantim yesangiz,
Biling, sizga o'rtoqman.

Piyoz: (Umid)


Yerga chuqur, botsam men,
Bikinvolibb, yotsam men.
Izlab topdi oshpazlar,
Meni chopdi oshpazlar.

Yig'lamadim - polvonman,


Lekin juda hayronman :
Oshpazlarning o'zlari,
Nega yoshlar ko'zlarin?

Bodring: (Mavzuna)


Bodring diring-diring,
Polizga kirib ko'ring.
Polizga kirgan zahoti,
Palagim bosmay yuring!

Sabzi: (Akbarshoh)


– Yer ostidir makonim,
Quyoshni ko‘rmas yuzim.
Lekin shifobaxshlikda,
Qolishmasman, chin so‘zim.
Rangim qizil yo sariq,
Shaklim uzun va oriq.
Dehqonning zahmatidan
Bo‘larman elga tortiq.

Makkajo'xori: (Obida)


Men hammadan yuqori,
Ismim makkajo'xori.
Mittigina go'dakcha,
Uhlar ko'mko'k yo'rgakda.
Sog'lom ulg'ay jon go'dak,
Malla soching jingalak!

Birgalikda:


Ona quyosh taftidan,
O'sib bahra olamiz.
Elimiz dasturxonin,
To'la-to'kis qilamiz.
Raqs. (Xorazmcha)
1.R.Dilnura. 2.Mohinur. 3.Obida 4.IDilnura 5.Farzona. 6.Kumush 7.Mumtozbegim 8.Rayhona
Qani qani endi mevalarim ham o'zi haqida so'zlab bersinchi :
Anor: (Ilyos)
– Garchi bo‘yim pastgina,
Po‘stim ham yarashiqli.
Mevam qizil donacha,
Anor shaklim o‘zgacha

O'rik: (Mumtozbegim)


Qantak o'rik, otim bor,
Xo'p mazzali, totim bor.
Mag'zimga berkitgan,
Qantim bor, novvotim bor!
Nok: (Ergash)
Shaklim misli nosqovoq,
G‘irchillayman yegan chog‘.
Yesang deysan ko‘p rahmat,
Nokman, kelgin marhamat.

Shaftoli: ( Aziza)


– Mayin tukli, momiqqina,
Yesang yumshoq, suvlikkina.
O‘rik menga qarindosh,
Shaftoliman hali yosh.

Uzum: (Jafar)


– Gar o‘rmalab o‘ssam ham
Mevalarim ko‘p g‘ujum.
Charos, toyfi, husayni,
Deydilar meni uzum.

Behi: (Sevara)


– Malla tukli momiq po‘st,
Artsang chiqar qattiq po‘st.
Deyishar meni behi,
Juda mazzali behi.

Olma: (Farrux)


– Men daraxtda pishaman,
Pishsam to‘p-to‘p tushaman.
Shaklim yum-yumaloq,
Rangim qizil, sariq oq.
Bog‘bon bobom mevasi,
Hammaning arzandasi.
Daraxtdir mening uyim,
Sog‘liq tilashdir o‘yim.

Anjir: (Dilnura)


O'qituvchi:
Bugun barcha meva va sabzavotlar so'ylagani uchun Gerbimizdagi paxta va bug'doy chambari ham so'ylamoqchi ekan,qani tinglaylikchi ular nimalar deyishar ekan:
Paxta: (Zinnura)
Paxta desa anglanar,
Bobodexqon zaxmati.
Oltin bilan tenglanar,
Paxtamizning qimmati.

Аstoydil yeng shimarib,


Oʼz burchlarin oqlashar.
«Oq oltin» deb erkalab,
Paxtani ardoqlashar.

Bobodexqon paxtadan,


Ulkan xirmon yaratdi.
Paxtamizning dovrugʼin,
Olam uzra taratdi!

Bug'doy: (Halima)


Oltin tojli sultonman,
Somsa, patir shirmonman,
Azizdirman odamga
Arzandaman olamga

Yel kuylasa o'ynayman,


Xirmon sari bo'ylayman...
Oy chiqqanda qo'noqqa,
O'xshaymanku o'roqqa.

Men bo'lmasam nonvoylar


Yopolmas shirmoy nonlar
Qarang hatto gerbda ham
Savlat to'kib turaman.

GERB: (IBROHIM)


Paxta, bug'doy chambari,
To'kinlik to'qlik ramzi.
Quyosh, yulduz, suv, tog'lar,
Yashnayotgan yurt ramzi!

Raqs: (omon yor)


1.Aziza 2.Zinnura 3.Shaxina 4.Durdona 5.Sevara

O'qituvchi:


Qadaming gul erur, nigohing bo‘ston.
Ta’rifing shoirlar tilida doston.
Bundayin sharafga yetishmoq uchun,
Ustoz bo‘lib tug‘ilmoq emasdir oson.
O'qituvchi:
Shu fursatdan foydalanib bugun biz o‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr – muhabbatini barkamol avlodlarni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani zimmalariga olib, bel bog‘lagan ustozlarimizni, murabbiylarimizni yaqinlashib kelayotgan 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Navbatni ustoz haqida she'rlarga beramiz marhamat:

USТOZIMGA


(Fayzbek)


Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida,
Ilk ustoz yagonadir.

(Kumush)


Тunlar sizga hamnafas,
Qog'oz, kitob uyulgan.
Qo'lingizda siyohdon,
Dil mehringiz quyilgan.

(Abdulaziz)


Baholar a'lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog'mi?! 

(Mohinur)


Yillar o'tib ulg'ayib,
Bergan so'zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda,
Тurishingiz xohlayman.

O'qituvchi: Barakalla bolajonlar!


O'qituvchi: endi bolajonlar, qanchalik topqir ekanligizni bilish uchun navbatni topishmoqlarga beramiz sinfdoshlaringiz sizga topishmoq aytadi siz esa topishmoqni javobini topishigiz kerak qani boshladik:
(Durdona)
1. Kichkina dekcha
Ichi to'la mixcha
(anor)
(Muhammad)
2. Yer tagida oltin qoziq
U hammaga bo'lar oziq
(sabzi)

(R.Dilnura)


3.Bir qop Un


Ichida ustun
(jiyda)
(Shamshod)
4. Dum dumaloq bo'yi bor
Yetti qavat to'ni bor
(piyoz)

QO'SHIQ "O'zbekiston"


O'QITUVCHI: Barakalla meni aqlli bilimdon o'quvchilarim mana bugungi Mehrjon bayramimiz ham o'z nihoyasiga yetdi. Keyingi hosil bayramigacha sog' salomat bo'laylik. Yurtimiz tinch hosilimiz bundanda mo'l bo'lsin!



Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin