Tadbir ssenariysi


Sportchi qizlarning chiqishlari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə13/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#209649
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
8 mart Xotin qizlar kuni

Sportchi qizlarning chiqishlari .
/Musiqa ostida qizchalar xar-xil sport mashqlarini bajarib beradilar. /


B. Yigit : Hozir o’g’il bolalarimiz G’. G’ulomning “ Onajonimga”
nomli she’rini bayram tuhfasi sifatida aytib berishadi .


Bola : Mehri oftob bo’lgan,
Har so’zi kitob bo’lgan.
Yog’u, qaymoq, murabbo,
Oy kulcham, shirin kulcham,
Jahon onajonimsiz .


Bola : Yulduzni uzib beray,
Kunduzni tizib beray.
Vatan axir chamanku,
Kunduzimiz ham kecham ,
Osmon onajonimsiz.


Bola : Bag’ringiz fazoga teng,
Uchushni ham o’rgating
Vatanimday bebaho,
Siz ko’rsating yo’l olay,
Chaqmoq ko’kda uchganday .


Bolalar “Mini yubka “ fonogrammasiga hazil raqs ijro etib beradilar.
/O’g’il bolalar qizbolacha kiyinib qo’shiqqa mos harakatlar qilib beradilar./
- 9 -
B. Qiz : Qizlarimiz ham bugungi bayramimizga shoir Rauf
Tolibning “ Oyi-Oyijon “ she’rini aytib beradilar . Marhamat
qizlar .


Bola : Oyi agar bo’lsaydim gul,
Sevarmisiz qizingizni ?
Ochilardim yonib yal-yal,
Quvnatardim ko’zingizni .


Bola : Oyi-oyi, bo’lsam shamol,
Qolmasdim hyech izingizdan.
Sochingizni silar edim,
O’par edim yuzingizdan .


Bola : Oyi-chi, men quyosh bo’lsam,
Shula sochib boshingizdan .
Termilardim tunlari ham ,
Ketmas edim qoshingizdan .


Bola : Oyi, oyi bo’lsaydim qush,
Tong chog’lari sayrar edim.
Vaqtingizni etdim deb xush,
Yayrar edim, yayrar edim .


Qizlar “ Gulpari “ qo’shig’iga raqs tushib beradilar.


B.Tarbiyachi: Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan,
Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan.
Millatning jon tomiri sen Vatanga timsolsan,
Yurtning o’chmas chirog’i Momo Havo ayolsan .
Ona muqaddas, ona aziz va mo’tabar siymo. Ona hayot
chashmasi . Ana shu chashmadan bolalarining chanqoqliklarini qon-
diradi. Onalar haqidagi donolar fikri, xikmatlari asrlar osha
saqlanib kelmoqda . Hozir bolalarimiz ana shu o’zlari o’rgangan
xikmatlardan misollar keltiradilar .



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin