9-o’quvchi: So’zlari bol durdona
Mexnatda yeng mardona
Olam ichra yagona
Siz siz ey aziz ona
10-o’quvchi: Farzandlar e’zozlagan
Muxtaram onalarsiz
Mexru shavqat bobida
Murabbiy donolarsiz
“Onanni asrang do’stlar” (qo’shiq) 1-boshlovchi Dunyoda ona muxabbatidan xam muqaddas va beg’ubor tuyg’u yo’q. Ona shunday ulug’ zot-ki u yuragidan yangi yurak ko’chiradi.
2-boshlovchi Xattoki mutafakkir shoir xalq ko’ngliga yo’l topa olgan sevimli bobomiz A. Navoiy onasi
Xalimabonu xaqida nodir baytlar bitganlar
11-o’quvchi: Alisherning onalari Xalimabonu bola tarbiyasiga katta e’tibor berganlar.
. 12-o’quvchi: Bilaman qanday ayol bo’lgan Alisherning onasi
Balki uning aqliga xam lol qolgan zamonasi
Balki buyuk farzandiga terib kelgan chechaklar
Balki tunda unga bedor aytib bergan yertaklar.
Mayliga u kim bo’lmasin
Yolg’iz bir so’z ma’nosi
Alishering onasi u
Navoiyning onasi
“raqs ijro etiladi”
1-boshlovchi Ona xaqida xar qancha gapirsak, xar qancha yozsak ado bo’lmaydi. Chunki ona jaxondagi buyuklarning buyugi.onadan xayot boshlanadi.ona farzandi uchun jon olib , jon beradi.
O’qituvchi:Sendan yuksak nima bor yulduz ?
O’quvchi: onalar mexri
O’qituvchi: sendan keskir nima bor olmos ?
O’quvchi: onalar qaxri
O’qituvchi: qaydan olding otashni quyosh ?
O’quvchi: onalar qalbidan
O’qituvchi: po’lat qaydan senga zo’r bardosh ?
O’quvchi: ona sabridan
O’qituvchi: senmi ko’klam xayotbaxsh fasl ?
O’quvchi: yo’q ona izi
O’qituvchi: senmi totli shifobaxsh asal?
O’quvchi: yo’q ona so’zi
O’qituvchi: dengiz naqadar tenglikda tanxo?
O’quvchi: ona og’ushi
2-boshlovchi Ana, Onalik baxtiga musharraf bo’lgan ayolga, onalarimizga berilgan baxo! Siz xozir eshitgan satrlar go’yo xar birimizning yurak sadomizga o’xshaydi.
13-o’quvchi: Baland-baland tog’lardan xam
Esgan mayin yellardan xam
Oppoq oydin tog’lardan xam
Onam yaxshi, onam yaxshi