Tadbir ssenariysi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə27/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#209649
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
8 mart Xotin qizlar kuni

Muqaddas ayol
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar kirib kelishadi.

Boshlovchilar:





Kulib issiq yuzimiz
Porlab turar ko’zimiz
Assalomu alaykum
Eng birinchi so’zimiz.



Mehribon onalarga
Jonkuyar onalarga
Qadrdon ustozlarga
Assalomu alaykum.



Ayamagan vaqtini
Bizga bergan pandini
Ham asal ham qandini
Onajonlar assalom.



  • Assalomu alaykum bayramimizning aziz mehmonlari.

  • Bugungi Onajonlar bayramiga bag’ishlangan bayram ertaligimizga xush kelibsiz.

Birgalikda: Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart Onajonlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.



Butun hafta tinmasdan
Bizlar harakat qildik.
Shoshib-pishib tinmasdan
Kecha zo’rg’a tugatdik.
Bayramga onalarga
Nima sovg’a qilamiz
Hayollar turli-tuman
Har bir bola boshida.



Kutilmagan sovg’alar
Qiziq bo’ladi juda
Tog’orada xamir qorsam
Pechkamiz chidab bersa
Pirog, somsalar yopsam.



Men esa onam uchun
Devorga gul chizaman.
Ozgina bo’yim o’ssa
Qandillarni yuvaman.

Hal qilaylik onalarga
Nima sovg’a qilishni.



Ha, men o’ylab topdim
Jonim bilan aytaman.
Hammangiz keling yaqin
Men sizlarga aytaman.

Aziz onajonlar qabul eting tabrigimiz, barcha qo’shiq kuyimiz sizga atalgan.


«Onajonlar ashulasi»





Sakkizinchi mart kuni
Onajonlar bayrami
Yo’llariga poyondoz
Dasta gullar boylami.

A’lo baho sovg’amiz
Onajonlar assalom
Hamisha ta’zimdamiz
Mehribonlar assalom.

Boshlovchilar:



Bugun bahor nafasi
Chor-atrofni bezadi
Bolajonlar bog’lardan
Boychechaklar uzadi.



Ilk bahorning quyoshi
Sizlargadir onajon
Onalarga muhabbat
Dilimizda bir jahon.



Bu jahonni qo’lida
Ushlab turar onalar
Xursand qilsak biz bilan
Birga kular onalar.



Onajonlar yuzingiz
Tabassumdan porlasin
Baxtimizga onalar
Hech xastalik ko’rmasin.



Marhamat yana navbatni she’rga beramiz.





Sen onasan, mahbubasan
Sensiz quyosh chiqmaydi
Senla kirib kelgan bahor
Sira ortga qaytmaydi.
Sen go’zal yor yagonasan
Otabeklar armoni
To’maris ham Bibixonim
Ko’kning mohitoboni.



Ilk davrimda Onajonim
Men ko’chaga chopardim
BIr zumdayoq o’yinchog’u
Ham o’rtoqlar topardim.
Qo’llarimdan ushlab doim
Kuzatsangiz bo’gchaga
Hech ajratgim kelmay doim
Qilar edim xarxasha.



Endi ba’zan ukalarim
Qilganida injiqlik
Unday qilma, bo’lgin deyman
Ukajonim sen eslik.



Onajonlar bizga bergan
Mehr uchun bir umr
Boshimizni egib deymiz
Onajonlar tashakkur.



Onajonim mehribonim


Bayramingiz muborak
Onajonim nur jahonim
Bayramingiz muborak.

O’g’il bolalar qizlar ijrosida raqs tomosha qilamiz.


«Assalom raqsi»


Boshlovchi: Yana navbatni she’rga beramiz.





Ortingizdan taqlid qilib
Qo’g’irchog’im boqaman
Uy-joylarni yig’ishtirib
Sizga chandon boqaman.

Xolakasi o’ynaganda
Oyisi men bo’laman
Hamma ishda oyijonim
Sizga taqlid qilaman.







Kechalari boshim uzra
Ertak aytib berdingiz
Xafa bo’lsam yig’ladingiz
Men kulganda kuldingiz
Qo’lingizga kitob olib
Qiziqtirib kitobga
Chehrangizdan nur yog’ilar
Tenglagayman oftobga.

Buvijonim borlar
Hammadan ham mehribon
Boshimizda parvonalar
Kasal bo’lsak nogahon
Ertaklari juda qiziq
Qiqir-qiqir kulamiz.
Ba’zan esa yonlarida
Mudrab uxlab qolamiz.



Onajonim katta bo’lsam


Ishingizni olaman
Dam oling deb tagingizga
Ko’rpachalar solaman
Shul sababli Onajonim
Bo’ling sog’-u salomat
Onalar bor bolalar sog’
Shudir baxt-u saodat.

Boshlovchi: Marhamat endi navbat sahna ko’rinishiga.


Dilbar: Dilshod, Dildora nima qilyapsizlar?


Bolalar: Assalomu alaykum Dilbar opa. Biz onajonimizga sovg’a tayyorlayapmiz. Hali ishdan kelsalar tabriklaymiz.
Dilbar: Uylar yig’ishtirilmagan, hammayoq yoyilib yotibdiku. Onajonimizni bunday ahvolda xursand qilib bo’lmaydi.

Bolalar nima qilish kerak?


Dilbar: Dilshod sen o’yinchoqlarni yig’ishtir. Dildora sen supurgini olib kel. Men uy va pollarni supurib beraman. Sizlar uyning va pollarning changini arting. Hamma yoqni tozalab so’ngra oyimizga sovg’a tayyorlab, qanday tabriklashni o’ylab ko’ramiz.


Bolalar: Xo’p boladi Dilbar opa.


Dilshod: Yo’q-yo’q bu ishlar sizlarning ishlaringiz. Men o’zim oyimga boshqa sovg’a tayyorlayman - deb yugurib chiqib ketadi.


Qizlar o’zlari yig’ishtirmasang yig’ishtirma deb hamma joyni yig’ishtirib qo’yadi.
Onasi kirib keladi.

-Assalomu alaykum oyijon. Yaxshi keldingizmi?


Dildora: Oyijon bayramga-chi sizga she’r yod oldim.
Oyisi: Qani eshitaylik-chi?

Onajonim mehribonim


Bayramingiz muborak
Onajonim nur jahonim
Bayramingiz muborak.

Oyisi: Rahmat Dildora qizim juda xursand bo’ldim.


Shu payt eshikdan Dilshod kirib keladi va raqsga tushib ketadi.
Onasi raqs tugagach Voy bu kim bo’ldi? Qizlarim tanimayapman.
Dilshod oyisiga o’zini tanishtiradi.

Oyisi xursand bo’lib: - Meni juda xursand qildinglar. Hammasi uchun rahmat. Lekin hammasidan ham uylarni saranjomlab, ahil-inoq o’tirganinglarni ko’rib yanada xursand bo’ldim.


Dildora: -Oyjon buni bizga Dilbar opam o’rgatdilar.


Dilshod: Ha Dilbar opam ko’p ish qildilar. Bizlar ham ozgina qarashdik.


Oyisi: Rahmat Dilbar qizim. Doimo shunday bo’linglar, - deydiyu sovg’alarini bolalariga tarqatadi.


Yana navbat she’rga.



Qo’shiq aytmang shamollarga siz
Yuz tutmang hech zavollarga siz
Baxt ulashing ayollarga siz
Shirin sozlar ayting kamida
Sakkizinchi mart bayramida



Tinglang ko’ngil kitoblarini
Oching tarix kitoblarini
Ko’ring ayol shitoblarini
Lazzat bo’ling hayot ta’mida
Sakkizinchi mart bayramida.



Aritmang hech labda kulguni
Yurak sevar bunday tuyg’uni
Oling do’stlar qo’lga cholg’uni
Nur tarating umr shamida
Sakkizinchi mart bayramida.

Yiroq ketsang zor kutgan ular
Azob chekib dard yutgan ular
Siz deb o’zin unutgan ular
May tutaylik bir ishq tomida
Sakkizinchi mart bayramida

Ana endi marhamat ashula tinglaymiz.


«Ona qo’llari» ashulasi
Boshlovchilar: Keling endi navbatni «Keling bir kulishaylik»sahnasiga beramiz.

1-bola: -Botirjon, gulmisiz, rayhonmisiz, jambulmisiz?


2-bola: -Akajon aytganingizman.
1-bola: -Ertalab hovliqib bayramga 1-bo’lib kelibsiz, bilganlar Botirjon deydi.
2-bola: -Bilmaganlar-chi?
1-bola: -Bilmaganlar bahorning birinchi guli boychechak ekan deydi.
2-bola: -Menku mayli, aka, bayramga birinchi kelib, boychechakdek ajralib turibman. Sizning og’zingizni ochib kelishingizni ko’rib karnaygulmi debman.
3-bola: -Men ham ertalab kelib qoqio’t ochilibdi deb yuribman, keyin bilsam Botirjon bilan sizlar ekansiz.
4-bola: -O’rtoq, to’g’ri aytasiz. Men ham sizlarni ko’rgan edim. O’shanda nima uchundir gulga emas chaqirtikanakka o’xshatib yuribman.
5-bola: -Chaqirtikanakka o’xshagan bo’lsak bordir, lekin men ham sizga qarab bu gulbeor bu yerda nima qilib yuribdi deb o’yladim.
1-bola: -Mayli o’rtoqlar Navro’z bayrami davrasida hammamizning shu turishimiz gultojixo’rozga o’xshaydi.
2-bola: -Og’ayni, siz bizni gultujixo’rozga o’xshatdingiz, men boshqa narsaga o’xshatib turgan edim.
3-bola: Nimaga ekan, og’ayni?
2-bola: -Bizning bu turishimiz turli gullardan tuzilgan guldastaga o’xshaydi.
4-bola: -Hammasi mayli, bizni ko’rib bog’bon gulqaychi ko’tarib kelib qaychilab qo’ymasinda deb turibman.
5-bola: -Akalar, gulqahqah bo’llib bir oz kulishdik. Keling gulzorga kirib o’z o’rnimizni topib olaylik, bo’lmasa, bizni sassiq alaf nima qilib yuribdi deb yulib tashlashmasin. ( kulishadi, bolalar joyiga borib o’tirishadi.)



Nima uchun yoqut olmas
Sovg’a qiladilar oddiygina gul
Nahotki qadrli dur-gavhardan ham
Atirgul, chuchmoma, rayxonu sumbul

Onalar bayrami kirib kelmoqda
Nima qilsam ekan boshim qotmoqda
Qanday sovg’a tayyorlay onajonimga
Nima yoqadi o’zi mehribonimga.



Bir hovuch olmos beraymi
Yo yulduzli samolar
Tarixdan saboq olaylik
Nima qilgan bobolar.

Andijonlik onalar
Xush ko’rishgan oltinni
Yoki duru gavhar
Balki billur solishgan.

Boshlovchilar: Ana endi Andijonlik yigitlar ijrosida raqs tomosha qilamiz.





Onajonim mehribonim
Bayramingiz muborak
Onajonim nur jahonim
Bayramingiz muborak

Bayram bilan qutlamoqlik
Bizga sharaf-shon bo’ldi.
Ona mehri farzandlariga
Hech tuganmas kon bo’ldi.

Onajonim ba’zan meni
Yosh deb hech o’ylamang
O’yinqaror bebosh mehri
Tosh bu deb hech o’ylamang.
Darhaqiqat hali yoshman

Mama ochen a lyublyu
Rastavitsa ne xochu
Abnimala slavila



Boshlovchilar: Bugungi bayramimizga mehmonlarimiz tashrif buyurishgan. Kutib oling. O’zbekiston madonnasi Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipovlar.


Boshlovchilarning xayrlashuv so’zlari.





Zal bayramona bezatilgan. Bahor nasmlari yurt bo’ylab kezmoqda.


“8-MART” munosabati bilan “Alla aytar buvingiz” ko’rik tanloviga guruh bolalarining buvajonlari davra to’rida o’tiribdi.

/”Cho’li iroq “ musiqasi yangrab turadi./





Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin