2015 yil 6 fevral - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 344 nafar delegat ishtirok etdi. S’ezd kun tartibida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
S’ezd “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimovni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mazkur yig‘ilishda Islom Karimov «Bizning maqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot qurish» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Dostları ilə paylaş: |