- aralash tadbirkorlik - bitta (yoki bir necha) yuridik shaxs (korxona) va bir necha jismoniy shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil qilinadi:
- qo’shma tadbirkorlik - ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar (shu jumladan chet el korxonalari) mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilindi
- shartnomaviy tadbirkorlik - mulk egasi bo’lmagan korxona raxbari(yoki boshqa mas`ul lavozimdagi xodim-menejer) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillar quyigilardan iborat:
1.Xalq xo’jaligi tarmoqlarining bozor munosabatlariga o’tishi va iste`mol bozorining yaratilishi.
2.Tadbirkorlarning mulki, huquqi va iqtisodiy manfaatlarining idoralar kafolatining mavjudligi.
3.Ishbilarmonlikning davlat tomonidan soliq, moliyaviy kredit va amortizatsiya siyosati orqali munosib qo’llab-quvvatlanishi.
4.Davlat va munitsipal korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va kichik firmalarni bunyod etish;
5.Kam daromad, past rentabelli va zarar ko’rib ishlovchi korxonalarning bankrotlikga uchrashining aniqligi va ular asosida xususiy kichik korxonalar tashkil qilish;
6.Davlat ijtimoiy-siyosiy jixatdan barqaror xolati (xorijiy kapitalni jalb qilishda kumaklashadi).