Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6BI-21 guruh talabasi Olimjonov Jamshidbekning “Bankn ishi “ fanidan tayyorlagan
Avtorefarati
Bugungi kunda bank tizimini rivojlantirishda banklarning texnik va texnologik rivojlanganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda zamonaviy innovatsion xizmatlar ko„rsatishni qatʼiy yo’lga qo’yish, bank majburiyatini kafolatlash orqali unga aholi omonatlarini keng jalb etish tizim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va liberallashtirish sharoitida moliya bozorining funksiyalarini takomillashtirish, uning asosiy ishtirokchisi bo„lgan bank tizimini muqobil ishlash strategiyasini ishlab chiqish muhim vazifalardan biridir. Bunda tijorat banklarining innovatsion moliyaviy xizmat turlarini mijozlarga taqdim etishi, ularning ommabopligini taʼminlashi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu vazifaning samarali amalga oshirilishini taʼminlashda bank tizimining jozibadorligini oshirish, yaʼni mijozlariga yaratilgan imtiyozlar, qulayliklar va eng asosiysi ularning ishonchini qozonish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning barcha bo’g’inlarida shu o„rinda bank tizimida ham zanjirsimon ketma-ketlik uzluksiz tarzda faoliyat yuritishi lozim.
Bank tizimida ketma-ketlikning uzilishi kutilayotgan daromadning kelmasligiga, bu esa barqarorlik va likvidlilik darajalarining pasayishiga olib keladi. Bugungi kunda banklarimizda amalga oshirilayotgan operatsiyalar kesimini tahlil qilsak, aktiv operatsiyalar tarkibida faqatgina kredit va lizing operatsiyalarida 15,02 foizga o„sish kuzatilgan, bu, albatta, ijobiy holat, biroq boshqa daromad keltiradigan aktiv operatsiyalar tarkibida faqat pasayish kuzatilgan bularga: oldi-sotdi amaliyotlari bo„yicha mablag„lar, yaʼni qimmatli qog„ozlar va investitsiyalar bo„lib, bu banklarimiz kredit berish bilangina cheklanib qolayotgani, diversifikatsiya siyosatining mavjud emasligidan dalolat beradi.
Bunday holatni passiv operatsiyalarda ham ko„rish mumkin. Talab qilib olinguncha depozitlar salmog„i 60 foizdan ziyodni, muddatli depozitlar esa 20 foizdan ziyodni va jamg„arma depozitlari 10 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Ushbu holat bugungi kunda banklarimizdagi depozitlar tarkibida balans yo„qligini, bu o„zo„zidan depozitlar salmog„ida yuridik shaxslarning moliyaviy mablag„lari asosida shakllantirilganidan va yuqori risk asosida faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi.
Bir omilning ikkinchi omilga bog„liqligini hisobga olsak, ushbu muammolarni hal etishda, bank tizimidagi tub o„zgarishlarni amalga oshirishda asosiy vazifa sifatida moliyaviy xizmatlarning salmog„ini oshirish, ularni innovatsion tarzda boshqarish, bank infratuzilmasini takomillashtirish va daromad olishiga taʼsir etuvchi salbiy omillarni bartaraf etish talab etiladi. Chunki xorij amaliyotida banklar 300 dan ortiq operatsiyalarni amalga oshirishini ko„rishimiz mumkin. Mamlakatimizdagi tijorat banklari faqatgina kredit berish va depozitlarni qabul qilish bilangina chegaralanib qolmoqda. Shuning uchun moliyaviy xizmat turlarini ko„paytirish, bankning daromad manbalarini kengaytirish asoslarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.
Bank ishi an'anaviy sanoat kabi ko'rinishi mumkin. Lekin u doimo yangilik kiritgan. Banknotlardan tortib chek kitoblarigacha, kredit va debet kartalarigacha bank sektorining yirik g‘oyalari butun dunyoda aks-sado berdi.
Biroq, hozirgi o'zgarish sur'ati boshqa darajada. Bugungi kunda texnologik innovatsiyalar banklar qanday faoliyat yuritishini va mijozlarga taqdim etayotgan xizmatlarini qayta belgilamoqda. Aslida, bu hatto bank nima ekanligini qayta ko'rib chiqmoqda. Keling, biz kutishimiz mumkin bo'lgan ettita eng katta tendentsiyaga sho'ng'ib olaylik.
Dostları ilə paylaş: |