Tadqiqot joyining tabiiy sharoitlari va uslublari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə2/12
tarix20.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#163167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Shahribonu kurs ishi. (1) (3)

Mavzuning dolzarbligi. Yangi va serhosi uzum navlarini har bir iqlim tuproq sharoitiga moslab tanlash, ularning agrotexnologiyasini o’rganish hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, 1 gektar xoʻraki uzum yetishtirish uchun oʻrtacha 100 million soʻm xarajat qilib, toʻrt yildan keyin yiliga 250 million soʻm sof foyda olish mumkin. Shuningdek, uzum danagidan olinadigan bir kilogramm yogʻning jahon bozoridagi narxi – 10-15 dollar boʻlib, Oʻzbekistonda bir yilda 1,5 ming tonna yogʻ ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. 1 gektar gʻalla maydonida 2 kishi band boʻlib, koʻpi bilan 20 million soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilsa, uzumchilikda, ayniqsa, shpaler usulida 10 nafargacha aholini doimiy va mavsumiy band qilish va 300 million soʻmlik mahsulot ishlab chiqarib, oʻrtacha 25 ming dollarlik eksport qilish mumkin. Bundan tashqari, uzum koʻchati 4-5 yillik boʻlganicha oraliq ekin ekish orqali yana millionlab soʻm daromad koʻrish mumkin. Xususan, ayrim hududlarda yirik tokzorlar maydoni 7 ming gektarga kamaygan. Misol uchun, Qashqadaryoda 2,5 ming gektar, Namanganda 2,4 ming, Surxondaryoda 1,2 ming, Andijonda – 645 gektar. Aksincha, Jizzax, Qoraqalpogʻiston va Fargʻonada tokzorlar maydoni koʻpaygan.
Bizning oldimizdagi vazifauzum navlaridan yuqori va sifatli mevalar yetishtirish uchun ularning sug’orish tartibini va agrotexnik tadbirlarni chuqur o’rganish.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Tok navining botanik ta’rifi, ularning
agrobiologik va xoʻjalik nuqtai nazaridan texnologik ta’rifi hamda navlarni rivojlantirish masalalari bilan ampelografiya fani shugʻullanadi. Tok navlarini tavsif-lashda Xalqaro ampelografiya komissiyasi ta’sis etgan (Vena, 1873) yagona tizim qabul qilingan. Ampelografiya tadqiqotlari ampelografik kolleksiyalarda, nav sinash uchastkalari va uzumchilik xoʻjaliklarida, yovvoyi toklar boʻyicha esa ular oʻsadigan hududlarda oʻtkaziladi. Tadqiqotlar natijalari davriy nashr etiladigan kataloglar va "Ampelografiya" ilmiy toʻplamlarida e’lon qilinadi. Tok mevasi – uzumni baholashda qand miqdori, kimyoviy tarkibi, yetilish davri, qaysi maqsadda foy-dalanish tomonlari hisobga olinadi. Ampelografiya tadqiqotlari materiallari alohida kitob holida nashr etiladi, davriy nashrlarda yoritib boriladi, shuningdek Parijdagi Xalqaro uzumchilik va vinochilik byurosi nashr etadigan Xalqaro tok navlari registri (roʻyxati)da e’lon qilinadi. Ampelografiyani rivojlantirishda ampe-lograf olimlardan M. A. Lazarevskiy, A. M. Negrul, P. X. Kiskin, Ye. A. Pa-nasevich, Ye. B. Ivanov, M. M.Mirzayev va boshqalarning hissasi katta. Ampelografiya tok genofondini oʻrganish va uzumchilik boʻyicha ma’lumotlar bankini yaratishda katta ahamiyatga ega. Ampelografiya asosida tokzorlardan yuqori hosil olishning ilmiy jihatdan asoslangan texnologiya tadbirlari ishlab chiqiladi, har bir viloyat tuproq-iqlim sharoitiga qarab tok navlari tanlanadi va tavsiya qilinadi. Masalan, Samarqand viloyati, asosan, mayizbop uzum yetishtirishga ixtisoslashgan. Oʻzbekistonda tokning 100dan ortiq mahalliy va chetdan keltirilgan navlari oʻstirilmoqda. Keyingi 25–30 yil ichida seleksioner olimlar tanlash va chatishtirish yoʻli bilan bir qancha yangi tok navlarini yaratdilar (Rizamat, Soyaki, Oʻzbekiston muskati va boshqalar). Mirzayev, Rixsivoy Joʻrayev. Respublikamizning yetuk olimlari hozirga qadar bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. (N.N.Nazirov, R.R.Raxmanov, G.Satipov, E.Samandarov, I.Ismayilova, A.M.Grodzinskiy va boshqalar) ilmiy ishlar olib borishgan va olingan natijalarga asoslanib o’z fikrlarini bayon etishgan. Bu olimlar tomonidan turli-iqlim sharoitlarida tajribalar olib borilgan, ijobiy natijaga erishilgan va ishlab chiqarishga ilmiy tavsiya berilgan.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin