Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Yüklə 273,24 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.05.2023
ölçüsü273,24 Kb.
#108448
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy masalalari 
uning oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. 
1-faraz. O’zbek kulolchilik san’ati ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, kulolchilik 
san’atning Andijon kulolchilik san’ati maktabi haqidagi ma’lumotlar, shu maktabga 
oid texnologiyalari, ustalari, tarixi va o’ziga xosligi turli manbalarda tarqoq holda 
uchraydi. Shu boisdan ularni jamlab, Andijon kulolchilik san’atiga oid kerakli 
manbalarni tadqiq qilish, ularni keng jamotchilikka taqdim etishlik lozim. 
2-faraz. Kulolchilik san’atida va butun jahon kulolchilik san’ati oldida mazkur kam 
o’rganilgan lekin o’ziga xos an’analarini davom ettirib kelayotgan Andijon 
kulolchilik san’atini ahamiyatini oshirish. Amaliy san’at yo’nalishi va shu 
yo’nalishga turdosh yo’nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va o’quvchilarda 
mazkur maktab haqidagi bilimlarini oshirishlardan iborat. 
3-faraz. O’zbekistonni bugungi kundagi iqtisodiy ravnaq topishda turizmni o’rni 
salmoqli. Andijon viloyatida kulolchilik san’ati maktablarini faoliyatini 
rivojlantirish orqali ichki va tashqi turizm uchun yana bir alohida turistik zonani 
tashkil etish soha va iqtisodimiz yuksalishi uchun xizmat qiladi. Andijon kulolchilik 
san’atiga bugungi yosh avlodni qiziqishi ortishi, ularni mazkur maktab an’analari 
ostida shakllantirish maktab faoliyatini davom ettirishga xizmat qilsa, mazkur 
yoshlarni bugungi mehnatga layoqatli qatlamini ish bilan ta’minlab davlatimizning 
yana bir sohasidagi tashabbusiga o’z xissamizni qo’shgan bo’lamiz. 
4-faraz. O’zbekistonda faoliyati yaxshi izga solingan va jahon kulolchilik san’ati 
markazlari faoliyatini o’rganish, ularda yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish 
mexanizimini muhim jihatlarini Andijon kulolchilik maktabida qo’llashni amalga 
oshirish darkor. Bu orqali Andijon kulolchilik san’ati marketingini ishlab chiqish, 
reklamalarni, targ’ibotlarni rivojlantirish barobarida maktabning jahon va yurtimiz 
amaliy san’atidagi ahamiyati va o’rnini oshirib uzoq yillar bardavomiyligini 
oshirgan bo’lamiz.

Yüklə 273,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin