Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning
asosiy masalalari
uning oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi.
1-faraz. O’zbek kulolchilik san’ati ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, kulolchilik
san’atning Andijon kulolchilik san’ati maktabi haqidagi ma’lumotlar, shu maktabga
oid texnologiyalari,
ustalari, tarixi va o’ziga xosligi turli manbalarda tarqoq holda
uchraydi.
Shu boisdan ularni jamlab, Andijon kulolchilik san’atiga oid kerakli
manbalarni tadqiq qilish, ularni keng jamotchilikka taqdim etishlik lozim.
2-
faraz. Kulolchilik san’atida va butun jahon kulolchilik san’ati oldida mazkur kam
o’rganilgan lekin o’ziga xos an’analarini davom
ettirib kelayotgan Andijon
kulolchilik san’atini ahamiyatini oshirish. Amaliy san’at yo’nalishi va shu
yo’nalishga turdosh yo’nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va o’quvchilarda
mazkur maktab haqidagi bilimlarini oshirishlardan iborat.
3-faraz. O’zbekistonni bugungi kundagi iqtisodiy ravnaq topishda turizmni o’rni
salmoqli. Andijon viloyatida kulolchilik san’ati
maktablarini faoliyatini
rivojlantirish orqali ichki va tashqi turizm uchun yana bir alohida turistik zonani
tashkil etish soha va iqtisodimiz yuksalishi uchun xizmat qiladi. Andijon kulolchilik
san’atiga bugungi
yosh avlodni qiziqishi ortishi, ularni mazkur maktab an’analari
ostida shakllantirish maktab faoliyatini davom ettirishga xizmat qilsa,
mazkur
yoshlarni bugungi mehnatga layoqatli qatlamini ish bilan ta’minlab davlatimizning
yana bir sohasidagi tashabbusiga o’z xissamizni qo’shgan bo’lamiz.
4-faraz. O’zbekistonda faoliyati yaxshi izga solingan va jahon kulolchilik san’ati
markazlari faoliyatini o’rganish, ularda yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish
mexanizimini muhim jihatlarini Andijon kulolchilik maktabida qo’llashni
amalga
oshirish darkor. Bu orqali Andijon kulolchilik san’ati marketingini ishlab chiqish,
reklamalarni, targ’ibotlarni rivojlantirish barobarida maktabning jahon va yurtimiz
amaliy san’atidagi ahamiyati va o’rnini oshirib uzoq
yillar bardavomiyligini
oshirgan bo’lamiz.