8. Bosh miya katta yarim sharlari.Bosh miya yarim sharlari va ularning po’slog’i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo’lib xisoblanadi. Odamning xulqi, idroqi, fikrlashi, ongi va barcha ruxiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo’lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po’slog’ida joylashgan nerv markazlarining normal funktsiyasiga bog’lik. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo’ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog’lanishini, uning xar xil sharoitga moslashuvinita`minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari , fikrlashi va ruhiy xolatlari reflekslar orqali sodir bo’lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda yozgan “Bosh miya reflekslari” deb nomlangan kitobida birinchi bo’lib ko’rsatdi . Uning reflekslar haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi taminotni yaratdi . U odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namayon bo’lishini isbotlab berdi. Bosh miya katta yarim sharlari. Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim sharlardan iborat bo’lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarim shar o’zaro qadoqsimon tana yordamida birikadi. Yarim sharlarning yuzasida juda ko’p pushtalar va egatchalar bor. Miya yarim sharlari katta egatchalarining peshona, tepa, engsa va orolcha kabi bo’laqlari bor. Miya yarim sharlari muhim egatchalaridan biri Sil`viyev egatchasi, ikkinchisi Roland, ya`ni markaziy egatcha hisoblanadi. Miya yarim sharlarida qurish, eshitish, teri, sezish, xid bilish va ta`m bilish, nuprsh eshitish, Nutq harakati va nutq—qurish analizatorlarining oxirgi nerv markazlari, markazga intiluvchi harakat nervlari markazlari joylashgan. Bosh miyaning egat va pushtalari bir vaqtda rivojlanmaydi. Bola turilgandan keyin yarim sharlarning egat va pushtalari kattalarnikiga O’xshasada, chuqur bo’lmaydi. Bola to’tilgandan so’ng peshona bulagi kattalashadi. Bola hayoti davomida miya yarim sharlarining massasi va satxi bosh miyaga nisbatan o’zgarib boradi. Bosh miya katta yarim sharlarining vazni odam bosh miyasi vazning 78 — 80% tashkil qiladi. U ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po’stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat. Bosh miya katta yarimsharlarining normal shakllanishida moddalar almashinuvining ahamiyati katta. Umuman olganda biz moddalar, o’zga jismlar organizmning o’z moddalariga aylanadigan jarayonlarni organizmning assimilyativ energiya iste`mol qiluvchi (anabolik) jarayonlar deb ataymiz. O’simliklarda assimilyatsiya (fotosintez) quyosh nurini singdirib olishni o’z ichiga oladi, uning yordamida energetik past anorganik moddalar energiyaga boy organik moddalarga aylanadi (avtotrof organizmlar).