Javoblar: 1. Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm, vazni 30-40 g bo‘ladi (64-rasm). Orqa miyada 13 mln dan ko‘proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi, lekin ba’zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o‘ralgan. Tashqi qavati qattiq o‘rta qavati o‘rgimchak to‘risimon va ichki qavati yumshoq parda bo‘ladi. O‘rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo‘ladi.Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan uzunchok miyaga tutashadi, pastki qismi 1-2-bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo‘lib, ipning uchi umurtqa pog‘onasining dum qismida tugaydi.Orqa miya 31 - 33 ta segmentdan iborat. Shularning 8 tasi bo‘yin qismida; 12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 1 - 3 tasi dum qismida bo‘ladi.
Orqa miya ko‘ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan: tashqi qismi oq modda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko‘rinadi (65-rasm). Kulrang modda kapalak yoki N karfiga o‘xshash bo‘lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo‘lib, ular orqa, miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-biriga va ularni, bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-biriga o‘tkazish funksiyasini bajarili.Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, bir juft orqa va bir juft yon shoxlari bo‘ladi. Oldingi shoxlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv hujayralari joylashgan. Ulardan harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ nervlarning uzun tolalari chiqib, to‘qima va organlarga boradi. Nerv hujayralarining kalta o‘simtalari hujayralarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ular umurtqa pog‘onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi.