Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar reja



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/4
tarix23.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#120433
1   2   3   4
Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar reja

Xulosa chiqarish deb bir necha xukmlardan aloxida xukm keltirib chiqarishga aytiladi. Masalan, Barcha sayyoralar xarakat qiladi. Er – sayyora. Demak, Er ham xarakat qiladi.
XULOSA CHIQARISH uch turda bo`ladi: induktiv, deduktiv va analogik. INDUKTIV xulosa chikarish deb bir necha yakka xukmlardan umumiy xukm keltirib chiqarishga aytiladi. Masalan, Temir elektr tokini o`tkazadi. Mis elektr tokini
o`tkazadi. Qo`rg`oshin elektr tokini o`tkazadi. Bular metallardir. Demak, metallar elektr tokini utkazadi.
DEDUKTIV xulosa chikarish deb umumiy xukmdan yakka yoki jo`z’iy xukm keltirib chikarishga aytiladi. Masalan, Daraxtlar baxorda gullaydi. O`rik – daraxt. Demak, o`rik baxorda gullaydi.
ANALOGIK xulosa chiqarish deb predmetning o`xshash belgilariga qarab xulosa chiqarishga aytiladi.
TUSHUNCHA narsa va xodisalarning umumiy va muxim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Uy, Ko`prik, koinot, daraxt kabilar tushunchalardir. Tushunchalar odatda konkret va abstrakt bo`ladi. Konkret tushunchalarga parta, doska, shkaf, deraza kabilar kirsa, abstrakt tushunchalarga esa muxabbat, baxt, go`zallik, uzunlik, balandlik, kenglik, xarakat kabilar kiradi.
Tushunchalar ko`lami jixatdan uch turga bo`linadi: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to`planma tushunchalar.
YAKKA tushuncha deb yakka predmet yoki xodisa xaqidagi tushunchaga aytiladi. Masalan, Alisher Navoiy, Qo`qon, Sirdaryo, Sobir Raximov kabilar. UMUMIY tushuncha deb bir jinsda bo`lgan narsa va xodisalar to`plami xaqida yaxlit fikr yuritishga aytiladi. Masalan, kitob, maktab, student, o`spirin, yulduz va boshqalar.
TO`PLANMA tushuncha deb bir xil narsalarning to`plamiga aytiladi. Masalan, kutubxona, paxtazor, yig`ilish kabilar.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so`z o`zaro bog`langan xolda namoyon bo`ladi. Bir tomondan, so`z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikinchi tomondan so`z tushunchaning moddiy asosiy va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so`zlardan xosil bo`lishi mumkin.
Tafakkur jarayonining o’zi ham, bilish jarayonining o’zi ham muttasil har xil savollar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Odam qanchalik ko’p bilaversa, uning oldida nomaium narsalar shu qadar ko’p paydo bo`laveradi, unda shu qadar ko’p savollar tug’ilaveradi va uning o’zi shu qadar ko’p savol beraveradi. Bilishga qiziqish savollar qo’yishda katta rol o’ynaydi.
Tafakkur boshqa bilish jarayoniari kabi o’zining individual xususiyatlariga
ega bo’lib, fikr yuritish faoiiyatinmg shakllari, vositalari va operasiyaiarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyatlari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik. epchiliik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin