yil. Xalq so'zi gazetasi – 2019 yil 9 oktabr № 209 (7439)
belgilangan kvotalar asosida talabalarni qabul
qiladi. Oliy ta’lim muassasalari psixologiya
sohasi bo'yicha kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan
korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar
bilan, shuningdek, talaba va ish beruvchi
o‘rtasida ham shartnomalar tuziladi.
Bugungi kunda iqtisodiyotning faol
sektori ilm-fan ekanligi hech kimga sir
emas. Bozor iqtisodiyoti talablari asosida
raqobatbardosh, yetuk malakali kadrlar
tayyorlash har doim diqqat markazimizda
turgan masala bo'lib qolaveradi. Davlatimiz
rahbari tamonidan ilgari surilgan taʼlim tizimini
davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish
g'oyasining pirovard zamirida ana shu maqsad
yotibdi.
Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari orasida
davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosidagi dual
ta’limni birinchi bo'lib Toshkent to'qimachilik va
yengil sanoat instituti tomonidan amaliyotga
tatbiq qilingan. Institut va ikkita paxta-
to'qimachilik klasterlari o'rtasida “Kadrlarni
maqsadli tayyorlash, o'quv-ilmiy va marketing
sohalari bo'yicha o'zaro hamkorlik” to'g`risidagi
shartnoma muvaffaqqiyatli imzolandi. Shu
tariqa tomonlarning davlat-xususiy sheriklik
asosidagi hamkorligiga mustahkam zamin
yaratilib, oliy ta’lim tizimida ilk bor dual ta’lim
texnologiyalari yo'lga qo'yildi.
Bugungi kunda Germaniyada asos
solingan bu taʼlim tizimiga Yevropa Ittifoqi
hamda boshqa bir qator davlatlarning ham
qiziqishi ortmoqda hamda ularda joriy
etilmoqda. Unga ko'ra, Germaniyada uch oylik
ta’lim, uch oylik mehnat faoliyati tamoyili
asosida mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan.
Psixologiya sohasida yetuk mutaxasis kadrlar
tayyorlashda dual taʼlimni mehnat faoliyatidan
ajralmagan holda amalga oshirishni
rejalashtirmoqdamiz. Bu borada so'z ketganda,
albatta, maxsus o'quv-rejalar va fan dasturlarni
ishlab chiqish, mashg'ulotni tashkil etishda
onlayn seminar va vebinarlar ulushini sezilarli
darajada oshirish ko'zda tutulgan. Shu o'rinda,
professor-o'qituvchilarimizning bilim, ko'nikma
va malakalarinini oshirish maqsadida tizimdagi
korxona, tashhkilot va muassasalar bilan
mustahkam aloqalarni qo'yish masalasini ham
inibatga olish maqsadga muvofiqdir.
Provardida:
professor-o'qituvchilar real jarayonlardan
muntazam xabardor bo'lishadi;
yangi, zamon talablariga mos pedagogik
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
50
texnologiyalar yaratish samaradorligi oshadi;
inson psixologiyasining nozik qirralarini
to'g'ri baholash va boshqarish ko'nikmalarini
shakllantiriladi;
glaballashuv jarayonida inson, ayniqsa,
yosh avlod psixologiyasida yuzaga kelayotgan
yangi muammolarni o'z vaqtida aniqlash va
bartaraf etishning samarali mexanizmlarini
qisqa vaqtlarda ishlab chiqish va uni
amaliyotga keng tadbiq qilish imkonini beradi.
Yoshlarni, ayniqsa maktab
bitiruvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish,
ularni kejakda o'z hayot yo'llarini topishlarida
kerakli maslahat, tavsiya va yo'nalishlar
berish psixologiya sohasi muaxasislarining
vazifasidir. Zero, kasb-hunarga ega bo'lish
har bir shaxs uchun zarur ehtiyojlardan biri
ekanligini buyuk bobokalonlarimiz o'zlarining
durdona asarlarida aytib o'tganlar. Jumladan,
Kaykavusning “Qobusnoma” asarida shunday
deyilgan: “Bas, aqling bo'lsa hunar o'rgang`il,
nedinkim hunarsiz aql – boshsiz tan, suratsiz
badandekdur… Ey farzand, ogoh bo'lki, kishi
hsmisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf ep
ko'rmas”
4
.
Dual ta’lim tizimi nafaqat ta’lim
muassasasida Ta’lim jarayonini samarali
bo'lishini ta`minlaydi, balki, korxona,
tashkilot va muassasalar faoliyatining
o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan
holda kadr (hodim)lar tayyorlash uchun
ajoyib imkoniyatdir. Shu bilan birga ta’lim
dasturi doirasida maksimal muvafaqqiyatga
erishiladi. Bundan tashqari, korxona,
tashkilot va muassasalar rahbarlarining yangi
xodimlarini qidirish va tanlash, ularning qayta
tayyorlash va moslashtirish bo'yicha iqtisodiy
samaradorlikka erishsh imkonini beradi. Ya’ni
dual ta’lim korxona, tashkilot va muassasalarga
eng yaxshi talabalarni tanlash imkonini beradi.
Talabalar uchun o'z mutaxassisligi bo'yicha
kelajakdagi karerasi uchun mustahkam
poydevor bo'lib xizmat qiladi. Bu, shuningdek,
oilaviy munosabatlar, samarali ta’limni joriy
etish, ijobiy va yuqori ish koeffiytsentiga
erishish, korxona, tashkilot va muassasalar
obro'siga va raqobatbardoshliligiga ta’sirini
ta’kidlash lozim. Dual ta’lim dasturlarida
ishtirok etish uchun korxona, tashkilot va
muassasalar seminarlar, targ`ibot ishlarini
4 Kaykavus. “Qobusnoma”.:–T. // 1994. 26 b.
5 J.G`.G`aniyev. “Xorijda ta’lim”. Sharq.:–T. // 1995.
6 Sh.S.Shodmonova, P.S.Ergasheva. Qiyosiy pedagogika. O`quv qo`llanma. T.: – 2005.
7 A.Ivanova. O‘zbekiston – Germaniya ta’lim sohasidagi hamkorlik. Xalq so`zi. 2002-yil 13-mart
8 M.J.Mutalipova, B.X.Xodjayev. Qiyosiy pedagogika. Darslik. T.: – 2015.
9 N.Usmonova. “Germaniyada kasb-hunar ta’limi. Xorijda ta’lim. Ma’rifat. T.: – 2002.
tashkil qilish orqali ta’lim muassasalarini jalb
qilishi mumkin.
Dual ta’limni amalga oshirishning
mazmuni, mohiyati, ilmiy asoslari oliy ta’lim
muassasalarida joriy qilish jarayoni masalasi
alohida fundamental tadqiq etilmagan
bo‘lsada, taniqli pedagoglar J.G`.G`aniyev,
5
Sh.S.Shodmonova, P.S.Ergasheva,
6
A.Ivanova,
7
M.J.Mutalipova, B.X.Xodjayev,
8
N.Usmonov
9
kabilarning ilmiy tadqiqodlarida dastlabki
ma’lumotlar uchraydi.
Oldimizda turgan keyingi o'n yillikni
prognoz qiladigan bo'lsak, barcha sohalar
kabi ta’lim sohasida ham katta o'zgarishlar
kutilmoqda. Tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki,
fan-texnika va ilmiy taraqqiyot yutuqlari ishlab
chiqarish bilan birgalikda amaliyotga tatbiq
etilishi yuqori samara va muvaffaqiyatga
erishishning kaliti bo'lib xizmat qilmoqda. Shu
o'rinda bir muhim masala xususida to'xtalib
o'tish lozim.
Xulosa o'rinda bir muhim masala
xususida to'xtalib o'tish lozim. Asosiy muammo
shundaki, fan va ishlab chiqarish o'rtasida
integratsiyasi uzilib qolgan. Dual ta’lim – fan
va ishlab chiqarish o'rtasiga ko'prik vazifasini
o'taydi va ta’lim tizimining barcha bo'g'inlarida
amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim tizimi uchun psixolog kadrlarga
bo'lgan talabning yuqoriligini hisobga
olgan holda, yеtuk malakali psixologiya
sohasi mutaxassis tayyorlash jarayoniga
kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish
bilan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro
tarmoq hamkorligining shakl va uslublarini
takomillashtirish mazkur soha rivojiga katta
hissa qo'shadi,albatta. Shu bilan birga, dual
ta’lim dasturlari asosida tayyorlanayotgan
bitiruvchi kadrlarni baholashda ish beruvchi
tomonning ishtirokini yanada kengaytirish
ta’limni adolatli va shaffof baholashda yana
bir muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Qisqa
qilib aytganda, hayotning o'zi zamonaviy
bilim va texnologiyalarni o'zlashtirgan yangi
avlod kadrlarini tayyorlashni va o‘ziga xos
milliy psixologiya maktabini yaratishni taqozo
etmoqda.
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA
INNOVATSION TA’LIM
51
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
Dostları ilə paylaş: |